Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida jamoatchilik vakillari ishtirokida 15 ta yangi loyihalarga start berildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident ramziy tugmani bosib, yangi loyihalarning qurilishi va faoliyatini boshlab berdi.
Qurilishi boshlangan loyihalar:
- Konimex tumanida yonuvchi slanetslarni qazib olish va qayta ishlashning birinchi bosqichi,
- Karmana tumanida 300 megavatt quyosh foto elektr stansiyasi va 75 megavatt elektr energiyasini saqlash tizimi,
- Navoiy shahrida texnik gaz ishlab chiqarish,
- G‘ozg‘on shahrida marmar va Zarafshon shahrida granit toshlarni qayta ishlash,
- Uchquduq tumanida kaolin qazib olish va boyitish,
- Xatirchi tumanida baliq ozuqasi tayyorlash loyihalar.
Ishga tushgan korxonalar:
- Karmana tumanida kaliy sulfat va sulfat kislotasi,
- Navoiy shahrida paxta sellyulozasi,
- Nurota tumanida granit toshlarni qayta ishlash korxonalari.
Mazkur 15 ta loyihaning umimiy qiymati 3 milliard 600 million dollar. Ularning natijasida 7 mingdan ortiq ish o‘rni paydo bo‘ladi.