Futbol bo‘yicha 2023-yilgi O‘zbekiston chempioni nomi muddatidan avval, Superliga uchrashuvlari yakunlanishiga uch tur qolganida ma’lum bo‘ldi. Chempionlik taqdirini hal qilgan uchrashuv Superliga 23-turi doirasida 1-noyabr kuni Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida Toshkentning “Lokomotiv” va Qarshining “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida bosh hakam Ahrol Risqullayev “Lokomotiv”ning serbiyalik himoyachisi Ivan Rogachni maydondan chetlatli. 73-daqiqada esa “Nasaf”ning yetakchi futbolchilaridan biri Akmal Mozgovoy chalqancha uslubda bergan zarbasi bilan hisobni ochdi. Ushbu gol o‘yin oxirigacha yagonaligini saqlab qoldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Superliga peshqadami hisoblangan “Nasaf” va uning eng yaqin ta’qibchisi OKMK o‘rtasidagi ochkolar farqi 13 taga yetdi. OKMK o‘z ixtiyorida qolgan to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonsa ham, bu farqni yo‘qqa chiqara olmaydi. Shu tariqa, “Nasaf” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

“насаф”, futbol, futbol bo‘yicha o‘zбекистон суперлигаси

Shuningdek, 2001-yildan beri birinchi marta poytaxtniki bo‘lmagan klub futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘shanda Farg‘onaning “Neftchi” klubi buni uddalagandi. 2002-yildan boshlab faqat Toshkent klublari O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Xususan, 15 marta “Paxtakor” (2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2013, 2015, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023), 5 marta “Bunyodkor” (2008, 2009, 2010, 2011, 2013) va 3 marta “Lokomotiv” (2016, 2017, 2018) chempion bo‘lgan.

“насаф”, futbol, futbol bo‘yicha o‘zбекистон суперлигаси

“Nasaf” chempionlik orqali OFK Elit Chempionlar ligasining 2025/2026-yilgi mavsumiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.