Samarqand viloyati hududida ijtimoiy soha obyektlari hamda turar-joy binolarini isitish mavsumi 1-noyabr kunidan boshlandi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan imzolangan farmoyish bilan qator mutasaddi tashkilotlar va tuman-shahar hokimliklari zimmasiga:

  • shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal soha korxonalarida 2024-yilning 1-noyabrdan boshlab kechayu kunduz ishlovchi shtablarni tashkil qilish;
  • ijtimoiy soha obyektlariga va aholi yashash uy-joylariga, “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tizimidagi isitish qozonxonalariga uzluksiz hamda bir me’yorda tabiiy gaz, elektr energiyasi quvvati yetkazib berilishini ta’minlash;
  • tabiiy gaz yetib bormaydigan aholi punktlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash kabi vazifalar yuklatildi.

Shu bilan birga, tegishli tashkilotlar tezkor avariya tiklash xizmatlarini tashkil qiladi hamda ularni maxsus texnika va jihozlar bilan ta’minlaydi. “Ko‘mir ta’minot” MCHJ viloyat filiali, shahar va tumanlar hokimliklari kuz-qish mavsumida viloyat aholisiga ajratilgan ko‘mir mahsulotlarini to‘liq yetkazib beradi.