Samarqand viloyati Paxtachi tumanida ruhiy xasta erkak o‘zini yuk mashinasi ostiga tashladi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan “Gazeta.uz”ga ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 27-oktabr kuni soat 12:30 atrofida Amirobod mahallasidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining Samarqand-Buxoro yo‘nalishi 139-kilometrida sodir bo‘lgan.
1983-yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. o‘zini Man rusumli yuk mashinasi ostiga tashlab, joniga qasd qilgan va voqea joyida halok bo‘lgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilib, marhumga nisbatan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan va holatga guvoh bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xati olingan.
Ma’lum qilinishicha, marhum erkak Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashagan. Muqaddam sudlanmagan, psixiatiriya dispanserida ro‘yxatda turgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.