O‘zbekistonda 2−3-noyabr, dam olish kunlari asosan quruq ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” matbuot xizmati.
Faqat 2-noyabrda kechasi va kunning birinchi yarmida Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni +22…+25 darajagacha iliydi.
Toshkentda 1−3-noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi +8…+10, juma va shanba kunlari kunduzi +19…+21 daraja, yakshanba kuni esa +23…+25 daraja issiq bo‘ladi.