Har oktabrda shu bo‘lar takror, har oktabr ham shunday o‘tadi — aynan shu oyda Toshkent chinakam kuz libosini kiyib, go‘zal bir manzara hosil qiladi. Kuchli va davomli yog‘ingarchiliklar kuzatilmasa, havo keskin sovimasa, bu go‘zallikdan noyabr o‘rtalarigacha ham bahra olish mumkin bo‘ladi.

“Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin har yil xazonrezgi pallasi Toshkent ko‘chalarini aylanib, bir fototo‘plam tayyorladi. 2024-yil kuzi ham bu borada istisno bo‘lmadi.