3-noyabr kuni soat 14:30 larda Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 226-kilometrida Vodiy-Toshkent yo‘nalishida kelayotgan yuk avtomobilida qisqa tutashuv sababli yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Hozirda FVV xodimlari tomonidan yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilmoqda. Harakat xavfsizligi YPX xodimlari tomonidan to‘liq ta’minlanmoqda, deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Dovon yo‘lida vaqtinchalik harakat to‘xtatilgan. Yong‘in o‘chirilgach, harakat to‘liq ochilishi ma’lum qilindi.