Toshkentda 2-noyabr kuni Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish konsepsiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyihaning eng muhim qismlaridan biri — “Chorsu” mehmonxonasini buzib tashlab, uning o‘rnida yangi, zamonaviy otel qurilishi bilan bog‘liq.

“Gazeta.uz” kuni kecha loyiha haqida qisqacha axborot bergan edi. Taqdimotda qatnashgan muxbirimiz Viktoriya Abdurahimova “Chorsu” mehmonxonasiga ham borib, loyihaga doir qo‘shimcha tafsilotlarni, shuningdek, loyiha mualliflari va poytaxt me’morlarining ham fikrlarini bir sahifaga jamladi.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

Chorsu maydoni poytaxtning tarixiy qismi — Eski shaharda, Alisher Navoiy, Beruniy va Samarqand darvoza ko‘chalari kesishgan nuqtada joylashgan.

1982-yili moskvalik arxitektor Vladimir Spivak loyihasi asosida qurib bitkazilgan va unchalik ham ko‘p ishlamagan 23 qavatli “Chorsu” mehmonxonasi mazkur maydonning me’moriy dominantasi hisoblanadi.

2000-yillar boshida “Chorsu” mehmonxona majmuasi rekonstruksiya ishlari uchun yopilgan — hukumatning bu haqdagi tegishli qarori 2002-yil kuzida chiqqan. 2005-yilga kelib hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan. Turkiyaning “Emsash” firmasi qatnashgan rekonstruksiya loyihasini amalga oshirib bo‘lmagan. Xuddi 2010, 2016, 2018 va 2022-yillarda mos ravishda Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya va BAA investorlari qiziqish bildirganida ham, bu ishni uddalab bo‘lmaganidek.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

Cho‘zilib ketgan kutish davri ayanchli oqibatlarga olib kelgan: yillar davomida tashqi ta’sir (shamollar, yog‘inlar, havoning issiq-sovuq bo‘lib o‘zgarishi) ostida qolgan ko‘tarib turuvchi temir-beton konstruksiyalarning eskirib, qisman buzilgan, shuningdek, bino fasadi (qisman) va intererlari (to‘liq) yo‘q bo‘lib ketgan.

Chorsu maydonining bo‘lajak rekonstruksiyasi Toshkentning bir zamongi ramzlaridan biri — “Chorsu” mehmonxonasining taqdiriga nuqta qo‘yadi. Binoda Invest Proekt Servis kompaniyasining loyihachilar guruhi tomonidan iyuldan to oktabrga qadar o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik xulosasida inshoot “konstruksiyalarini mustahkamlash va ularni normal foydalanuv holatiga yetkazish” maqsadga muvofiq emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

Invest Proekt Servis kompaniyasining sifat boshqaruvi bo‘limi boshlig‘i Aleksey Toropsevniнг aytishicha, “Chorsu” mehmonxonasi binosi uch bosqichda ekspertizadan o‘tkazilgan: konstruksiyalar ahvolini birlamchi o‘rganish, binodan foydalanish davrida kelib chiqqan kamchilik (defekt)larni aniqlash va hisob-kitob tavsiflarini tayyorlash, ya’ni, bino konstruksiyalaridan kelgusida foydalanish mumkinmi-yo‘qmi, shuni aniqlash.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

“Olib borilgan ish natijalariga ko‘ra, mehmonxonalarga qo‘yiladigan zamonaviy talablardan kelib chiqib aytganda, mazkur bino mehmonxona sifatida foydalanish uchun amalda mos kelmaydi. Bunga misol tariqasida, sovet davrida mehmonxona uchun poldan shiftgacha bo‘lgan balandlik 2 m 80 sm bo‘lishi yetarli bo‘lganini aytish mumkin. Hozir bu yetarli emas, chunki zamonaviy mehmonxonalarda bino maydonda to‘la samara bilan foydalanish uchun barcha kommunikatsiyalar shift qismiga joylashtiriladi. Bunda balandlik 3 metrdan baland bo‘lishi kerak. Bu — binodan kelgusida foydalanishni qiyinlashtiradigan omillardan biridir. Bundan tashqari, uning konstruksiyalariga ham jiddiy zarar yetgan: armatura, beton korroziyasi yuz bergan. Binoning mana shunday qoniqarsiz holatidan kelib chiqib, biz uni buzib tashlab, o‘rniga zamonaviy, barcha norma va standartlarga javob beradigan nimadir qurishni tavsiya qildik”, — deydi u.

Aleksey Toropsev (o‘ngda).Aleksey Toropsev (o‘ngda).

Ayni vaqtda, bino uchun asos vazifasini bajargan monolit plitaning ahvoli a’lo darajada va, investorlar yangi mehmonxonani ham eski turgan joyning o‘zida qurmoqchi bo‘lsa, undan yangi bino qurishda foydalanish mumkin.

Arxitektura tarixchisi Boris Chuxovich “Gazeta.uz” muxbirining savoliga javob berarkan, unda toshkentlik mutaxassislar o‘tkazgan ekspertiza xulosalariga ishonmaslik uchun asoslar yo‘q ekanini ma’lum qildi, chunki bu xulosalar O‘zbekiston madaniyati va sa’natini rivojlantirish jamg‘armasining Tashkent Modernism XX/XXI loyihasi doirasida ishlagan milanlik mutaxassislarning birlamchi tashqi ko‘rigi yakunlari bilan mos tushyapti.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

“Bizning jamoamiz binoni bor-yo‘g‘i aylanib, suratga tushirgan, so‘ng shu suratlar o‘rganilgandi. Ko‘tarib turuvchi konstruksiyalar bilan muammo kelib chiqishi mumkinligi darhol ma’lum bo‘lgandi, chunki temir-beton 20 yil davomida ob-havoning keskin o‘zgarishlari ta’siriga duchor bo‘lgan va namlik ta’siriga ham ochiq bo‘lgan, vaholanki, u bunday ta’sirga moslangan emas. Binoning ahvolini izchil o‘rganish haddan tashqari katta sa’y-harakatlarni talab qilardi, bizning budjetimiz esa bunga imkon bermasdi. Binoning o‘ziga xos, betakror, original qismlarining saqlab qolinganligi masalasiga kelsak, birlamchi intererlarning bari allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan, fasad ham qisman omon qolgan. Shunday qilib, yodgorlikning umumiy holati favqulodda yomon va ko‘tarib turuvchi konstruksiyalari eskirib ketgani holda uni saqlab qolish uchun oyoq tirab olishning oqibati voy. Yaqinda Serbiyaning Novi-Sad shahrida modernistik vokzalning soyaboni qulashi oqibatida ko‘plab odamlarning halok bo‘lgani — ["Chorsu” bilan ham] nimalar sodir bo‘lishi mumkinligiga doir bir qo‘shimcha eslatmadir", — deya izoh berdi Boris Chuxovich.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

Tayyorlangan dastlabki konsepsiyaga ko‘ra, shahar landshaftida “Chorsu” mehmonxonasi o‘rniga uning shaklu-shamoyili (silueti), vazifasi va Eski shaharning me’moriy dominantasi rolini saqlab qoluvchi yangi osmono‘par bino quriladi. 29 qavatli mehmonxonadan tashqari hududda biznes-markaz va turar joy binolari ham joylashadi.

Loyiha doirasidagi amaliy ishlar 2025-yilda boshlanadi va 2029-yilga qadar davom etishi kutilmoqda. Maydonni qayta jonlantirish loyihasi ortida mahalliy va xorijiy investorlar konsorsiumi turibdi. Uning tarkibi ma’lum qilinmadi, chunki “Chorsu” mehmonxonasi binosini uning so‘nggi egasi — BAAning Ittihad International Investment kompaniyasidan sotib olish bo‘yicha tijoriy kelishuv bo‘yicha harakatlar so‘nggi bosqichda turibdi va axborotni oshkor qilmaslik bo‘yicha bitim amal qilmoqda. Loyiha 170 mln AQSh dollariga baholanmoqda.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

Chorsu maydonining yangi qiyofasi muallifi bo‘lish uchun Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi jalb etilgan. Taniqli arxitektor Sergey Choban Berlinda joylashgan mazkur me’moriy shirkat asoschisi hisoblanadi.

Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqish guruhi boshlig‘i Andrey Trebunskixniнг so‘zlariga ko‘ra, me’morlar oldida yangi mehmonxonaning hozirgidek dominantalik rolini saqlab qolish va “davriy vorislikni ta’minlashdir”.

“Shuning uchun loyiha taklifida yangi bino „Chorsu“ mehmonxonasining o‘ziga xos shaklu shamoyilini takrorlaydi. U „Chorsu“ bozori, Ko‘kaldosh madrasasi singari hududning muhim mo‘ljaliga aylandi. Bunda xonalar soni, infratuzilma, mehmonxona xizmatlariga doir barcha jihatlar jahonda bunday inshootlarga qo‘yiladigan zamonaviy tasavvur va talablarga muvofiq bo‘ladi. Biz shaharning bu hududi tarixiy ekani va sayyohlik salohiyati ulkanligini tushunamiz. Odamlar bu yerga bozorni ko‘rish, chor-atrofda sayr qilish uchun keladi. Bizning vazifamiz — ular o‘zlarini bu yerda qulay his qilishlari va yana qaytib kelishni xohlashlari uchun sharoit yaratishdir”, — deydi Andrey Trebunskix.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

Me’morning ta’kidlashicha, sifatli va barqaror shahar muhitini yaratish uchun binoning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lsa ham, uni shunchaki joylashtirishning o‘zi yetarli emas. Shu bois loyiha tijorat, ofis, jamoat va turar joy vazifalarini o‘zida mujassamlashtirgan ko‘p funksiyali kompleks makonni yaratishni nazarda tutadi.

Qurilish bo‘ladigan hududni diagonal bo‘ylab kesib o‘tuvchi va “Chorsu” bozorini sobiq Bosh univermag binosi bilan bog‘lovchi piyodalar xiyobon-ko‘chasi alohida ahamiyat qaratilyapti. Bu ko‘cha bo‘ylab asosiy savdo maydonlari — do‘konlar, kafelar, suvenir sotuvchi rastalar va boshqa muassasalarni joylashtirish ko‘zda tutilgan. Yangi binolardan birining foyesida asl “Chorsu” mehmonxonasi tarixi va uni qurishda qo‘llangan me’moriy innovatsiyalarga bag‘ishlangana kichik muzey ochish rejalashtirilgan.

Rekonstruksiya va qurilish ishlari davomida o‘simlik va daraxtlarni joyida qoldirish yoki maydon atrofidagi mos joylarga ko‘chirib o‘tqazish va’da qilinyapti.

Andrey Trebunskix.Andrey Trebunskix.

Logistika oqimlari hisobga olingan. Mehmonxona va ofislar uchun katta yo‘l tomondan kirishlar, shuningdek, piyodalar uchun xavfsiz hududlar ko‘zda tutilgan. Majmua hududida yashovchilar uchun esa qulay stilobatda obodonlashtirilgan xususiy hovlilar tashkil etiladi.

“Bu vazifalarni to‘g‘ri birlashtirish nafaqat shahar mehmonlari, balki shu majmuada yashaydigan aholi va ishlaydigan xodimlar uchun ham qiziqarli bo‘lgan xilma-xil, serqirra muhit yaratish garovidir. Bunda turli funksional oqimlar bir-biri bilan to‘qnashmaydi, ziddiyatga kirmaydi. Bularning bari uzoq muddatli istiqbolda ushbu hududning yashab qolishi, rivojlanishi, barqaror bo‘lishiga imkon beradi”, — deydi Andrey Trebunskix.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

Taqdimotda qatnashgan me’morlar va jamoat arboblarida konsepsiyaga nisbatan bir qator savollar paydo bo‘ldi. “Tashkent modernism” loyihasi dizayneri va muallifi Aleksandr Fyodorov namoyish etilayotgan loyihaviy suratlarda “Chorsu” mehmonxonasiga ishoralarni ilg‘ab olish juda qiyin ekanligiga e’tibor qaratdi.

“Mehmonxona qurib bitkazilganida, uning minoralari moviyrang edi, ular madrasa minoralari bilan uyg‘unlashgan edi. Binoning uch tomonlama simmetriyasi esa u turgan uch tomonlama chorrahaga ishora edi. Fasadlarda quyoshdan himoya ham turlicha qurilgan, chunki biri soyada bo‘lsa, boshqasi quyoshli tarafda edi. Mehmonxonaning yangi loyihasida nechta asosiy vizual unsurlar bo‘ladi? Biz unda eski “Chorsu”ni taniy olamizmi yoki bu shunchaki uch bargli oynavand minora bo‘ladimi?”, — deb so‘radi u.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

Andrey Trebunskixning ta’kidlashicha, loyiha guruhi bu joy alohida yondashuv va mualliflik nuqtai nazarini talab qilishini yaxshi tushunadi.

“Biz oynavand minora qurishni yoki hozirgi binoni buzib, o‘rniga uning g‘irt nusxasini o‘rnatishni xohlamayotganimiz aniq — bunday qilish mantiqsizlik bo‘lur edi. Bizning vazifamiz — o‘z joyi va zamoniga mos zamonaviy, ayni vaqtda chor-atrofga hurmat-izzat ko‘rsatadigan, u bilan „muloqot qiladigan“ va hisoblasha oladigan bino o‘rtasidagi muvozanatni topishdir. Biz ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmay va milliy naqshlar bilan o‘ynashmay, shakl, hajm va balandlikni saqlab qolishga qaror qildik. Toshkent o‘z uslubini izlash jarayonida va bu loyiha uni shakllantirish imkoniyatlaridan biri, deb o‘ylayman”, — dedi me’mor.

Aleksandr Kuranov.Aleksandr Kuranov.

Toshkentlik arxitektor Aleksandr Kuranovда majmua loyihasi o‘rtasida 14 qavatli biznes-markaz joylashtirilgani shubha uyg‘otdi. U mehmonxona va turar joy bloklari oralig‘iga joylashtirilgan.

“Menimcha, bunday blokni aynan shu yerga joylashtirig ko‘p muammo keltirib chiqaradi. Mehmonxonaning bu qanotida yashovchilar derazadan nimani ko‘radi? Shu biznes-markaznimi? Yaxshisi, o‘zbekona katta hovli, shartli qilib aytganda, park tashkil etish kerak. Bu mehmonxonadan ko‘rinadigan manzara haqida o‘ylash lozim. Bu tarafda arxitektor Korobsevning mashhur Markaz-27 (G‘uncha) modernizm mahallasi bor. Poytaxt mehmonlariga nafaqat bozorni, sirkni yoki Ko‘kaldoshni, balki bu mahallani ko‘rish ham qiziq bo‘lur edi”, — deydi Aleksandr Kuranov.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

Uni Toshkentdagi “SAD” arxitektura byurosidagi hamkasblari ham qo‘llab-quvvatladi. Maksim Oltyan biznes-markaz binosining vazifalarini qolganlarga taqsimlab, bu yerda hovli yoki jamoat makonini yaratish haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qildi. Aleksandr Fyodorovning fikricha, bu hududga yashil hudud yo hovuz juda mos tushadi.

Avtoturargoh masalasi ham dolzarb bo‘lib turibdi. Dastlabki rejaga ko‘ra, u yer ostida bo‘ladi.

tchoban voss architekten, александр кuранов, александр фyoдоров, андрей треbuнских, borис чuхович, chorсu maydoni, chorсu maydoni rekonstruksiyasi, chorсu maydonining qayta qurilishi, chorсu mehmonxonasi

Trebunskixning so‘zlariga ko‘ra, Chorsu maydonini qayta qurish loyihasi hozircha konsorsium ichida, birinchi kelishuv bosqichidan o‘tgan.

“Shaharsozlik yechimlari, qurilish ko‘rsatkichlari, funksional nisbatlar va transport yo‘nalishlari belgilangan. Keyingi bosqich — arxitektura, xususan, binolar tashqi ko‘rinishi va detallarini ishlab chiqishdan iborat. Aniq nima bo‘lishi haqida uch oydan so‘ng bemalolroq gapira olamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.