Toshkent shahrida kabel o‘tkazish maqsadida qazilgan 2,5 metrli chuqurlikka fuqaro tushib ketdi, deya xabar qildi FVV axborot xizmati.

Hodisa 3-noyabr kuni soat 19:14 da Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Vazirlik fuqaro chuqurga o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganini bildirgan.

Qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Bobur ko‘chasida 16-oktabrdan 15-noyabrga qadar 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib borilishi ma’lum qilingandi.