5−8-noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va 7−8-noyabrda kechalari 0…+5 daraja iliqni, ba’zi joylarda -3 darajagacha sovuqni, kunduz kunlari 5−10 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13−18 metr/sekundgacha, shimolda va cho‘l hududlarda 20−23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

5−6-noyabr kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 5−7-noyabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.