O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Oybek Eshonov Indoneziya poytaxtiga bordi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Oybek Eshonov 57 yoshda. U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakulteti, shuningdek, davlat rahbari huzuridagi Davlat qurilish akademiyasini tamomlagan.

2008-yildan 2017-yilgacha Isroildagi elchi lavozimida ishlagan. Yangi lavozimga tayinlanganiga qadar TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Fors va ingliz tillarida so‘zlasha oladi.

Oybek Eshonov 2018—2022-yillarda O‘zbekistonning Jakartadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan Ulug‘bek Rozukulov o‘rniga tayinlandi.