Chellenjning asosiy g‘oyasi odamlarni birlashtirish va jismoniy faollik uchun motivatsiya berish. Bundan tashqari, har bir ishtirokchi qimmatbaho sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega — bu esa yangi foydali odatlar uchun ajoyib bonus.
Nima qilish kerak
Bor-yo‘g‘i 7 kun mashg‘ulot o‘tkazib ishtirok etish va 12 ta ajoyib sovrindan birini yutib olish mumkin.
Murakkab mashqlar yoki mashaqqatli mashg‘ulotlar yo‘q — faqat hamma bajara oladigan oddiy va yengil mashg‘ulotlar.
7 kunlik reja juda oson:
- birinchi kun: atigi 5000 qadam bosib o‘tish;
- ikkinchi kun: OU7 Training ilovasidan 1 ta Fitness Walk strim mashg‘ulotini bajarish;
- uchinchi kun: 6 km yengil sayr;
- to‘rtinchi kun: OU7 Training ilovasidan 2 ta istalgan strim mashg‘ulotini bajarish;
- beshinchi kun: 8000 qadam yurish;
- oltinchi kun: OU7 Training ilovasidan 1 ta Pro Balance strim mashg‘ulotini bajarish;
- yettinchi kun: OU7 Traning ilovasidan HIIT strim mashg‘ulotini bajarish;
- + 10 000 qadam.
G‘oliblarni qanday sovrinlar kutmoqda
7TECH`dan zo‘r texnika:
- sensor ekranli va muz ishlab chiqaruvchi aqlli muzlatgich;
- sensor boshqaruvli kir yuvish mashinasi va quritgich;
- Google TV boshqaruvidagi QLED 4K 75 televizor;
- No Frost texnologiyasiga ega ikki kamerali muzlatgich;
- sensor ekranli aqlli kir yuvish mashinasi;
- Google TV boshqaruvidagi QLED 4K 55 televizor;
- Wi-Fi orqali boshqariladigan aqlli konditsioner;
- aqlli mikroto‘lqinli pech;
- 7TECH muz ishlab chiqaruvchi suv dispenseri.
Poytaxtning ajoyib fitnes majmuasida mashq qilish uchun BEFIT PRO’ga 3, 2 va 1 oylik abonementlar.
Sport buyumlarini sotib olish uchun 7SABER brendidan sovg‘a sertifikatlari.
Energiyani qo‘llab-quvvatlash va yuqori natijalarga erishish uchun 7 SABER Nutrition sport ovqatlanish to‘plamlari.
Nima uchun bu zo‘r chellenj:
- hech qanday murakkab mashqlar yo‘q;
- hatto endi sport bilan shug‘ullanishni boshlayotganlar uchun ham mos keladi;
- o‘zingizga qulay vaqtda, qulay joyda mashq qilish mumkin;
- ishtirok etish bepul.
Qanday qilib ishtirok etish mumkin
- @ou7training, @7tech.uz va @befitpro.uz Instagram akkauntlariga obuna bo‘lish.
- App Store/Google Play'da OU7 Training ilovasining eng so‘nggi versiyasini yuklab olish va telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tish.
- Chellenjlar bo‘limiga o‘tish va “Ommabop” bo‘limida BEFIT PRO Challenge 3.0 ni topish kerak.
- Chellej kartasida “Batafsil”, so‘ng “Ishtirok etish” tugmasini bosish kerak.
6-noyabr soat 23:59 gacha qo‘shilishga ulgurish zarur. 18 yoshdan oshgan har bir xohlovchi ishtirok etishi mumkin.
Sog‘liq uchun foydali bo‘lgan narsalarni qilish orqali orzudagi texnikani yutib olish imkoniyatini boy bermaslik lozim.
Reklama huquqlari asosida.