Dushanba O‘zbekiston hududining katta qismida noyabr oyining boshi uchun deyarli iliq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Havo harorati +20…+25 daraja iliq bo‘ladi, faqat shimolda +8…+13 darajagacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.
Seshanba kundan boshlab havo haroratining bosqichma-bosqich pasayishi boshlanadi. 5-noyabrda kunduzi havo harorati +13…+18 daraja, 6-noyabrda +10…+15 daraja iliq bo‘lsa, 7−8-noyabrda esa +5…+10 darajagacha pasayadi.
Kechalari ham sovuq bo‘ladi. Respublikaning aksariyat hududlarida 7−8-noyabr kunlari havo harorati kechasi 0…+5 darajagacha, ba’zi joylarda -2 darajagacha sovuq, Ustyurtda −3…−4 darajagacha sovuq bo‘ladi.
5−6-noyabr kunlari deyarli barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi.
7-noyabr kuni Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysida, shuningdek, 7−8-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Shimolda yomg‘ir va ho‘l qor ko‘rinishidagi aralash yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor.
Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi) kuzatiladi, 5−6-noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. 7−8-noyabr kunlari ayrim tumanlarda tuman tushadi.
Toshkentda 4-noyabr kechga yaqin yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik 5 va 6 noyab kunlari vaqti-vaqti bilan davom etishi mumkin. 7 va 8-noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 5−10 metr/sekundgacha tezlikda esadi, 4−5-noyabrda 10−14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati dushanba kuni kunduzi +23…+25 daraja, 5-noyabrda +15…+17, 6-noyabrda +10…+12, 7−8-noyabrda +7… .+10 daraja atrofida bo‘ladi.
5-noyabrdan 6-noyabrga o‘tar kechasi harorat +10…+12, 7-noyabrda +4…+6, 8-noyabrda 0…+3 daraja bo‘lishi kutilmoqda.