Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif doirasida ertaga O‘zbekiston rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Yig‘ilish yakunida qator qo‘shma qaror va hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Foto

prezident, prezident tashrifi, qirg‘iziston, turkiy davlatlar tashkilotiprezident, prezident tashrifi, qirg‘iziston, turkiy davlatlar tashkilotiprezident, prezident tashrifi, qirg‘iziston, turkiy davlatlar tashkilotiprezident, prezident tashrifi, qirg‘iziston, turkiy davlatlar tashkilotiprezident, prezident tashrifi, qirg‘iziston, turkiy davlatlar tashkilotiprezident, prezident tashrifi, qirg‘iziston, turkiy davlatlar tashkiloti