Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 5−6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkekda bo‘ladi
Prezident 5−6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ladi. Davlat rahbari u yerda Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Unda O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi
Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan viloyat hokimi etib qayta tasdiqlandi.
Xovos tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi
May oyida korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi sobiq o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari va ikki nafar hokim yordamchisi mahallalarda qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga yetib bordi
O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka yetib bordi. U ertaga Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etadi.
Kamala Harrisning prezidentligidan nima kutish mumkin? Donald Tramnikidan-chi?
AQShda 5-noyabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tadi — Demokratik partiyadan amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris, respublikachilardan esa sobiq prezident Donald Tramp nomzodi ko‘rsatilgan. Ular prezident bo‘lsa nima qilmoqchi? Nomzodlarning siyosati haqidagi asosiy savollarga qisqa javoblar.
Iqtisodiyot
InfinBank kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergani uchun moliyaviy jarimaga tortildi
Raqobat qo‘mitasi “Invest Finans Bank” AJga kredit xizmati reklamasida qo‘shimcha shartlar va muhim ma’lumotlarni ko‘rsatmagani uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Avvalroq, Davr Bank ham shu kabi kamchilik uchun jarimaga tortilgandi.
O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi
O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod ishga tushadi. Qurilish jarayonlari 2025-yil yanvardan boshlanib, zavodlar 2026-yil dekabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
2025-yilning fevralidan avtoturargohlarning kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlanadi
2025-yil fevralidan O‘zbekistondagi barcha avtoturargohlarda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish boshlanadi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar yaqinida, jumladan, ularga eng yaqin avtoturargohlar yaqinida maksimal quvvati 22 kVt bo‘lgan stansiyalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Prezident energetika korxonalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini muhokama qildi
Prezident yig‘ilishida O‘zbekiston energetika tarmog‘i korxonalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi muhokama qilindi. Davlat rahbari aholini gaz va elektr energiyasi bilan o‘tgan yillarga nisbatan barqarorroq ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Jamiyat
Oila kambag‘alligi tufayli bolalarni mehribonlik uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi
Prezidentga ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etildi. Bolani tarbiyaga berishda oila muhitini saqlab qolishga ustuvorlik beriladi, muassasa so‘nggi chora bo‘ladi. Davlat rahbari bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Namanganda ombor mas’ullari aholiga ajratilgan 13 ming tonna ko‘mirni sotib yuborgani aniqlandi
Namangan shahridagi ko‘mir ombori mas’ul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 4,1 mlrd so‘mlik 13,3 ming tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlandi.
Nyu-Yorkka uchgan samolyot yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab Toshkentga qaytdi
Toshkentdan Nyu-Yorkka soat 06:47 da uchib ketgan samolyot yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgani sababli uchib ketish aeroportiga qaytdi. Yo‘lovchi tibbiy muassasaga jo‘natildi. Reys Toshkentdan 09:30 da qayta uchib ketdi.
Chirchiq hokimi o‘rinbosari 1 mln dollar pora bilan ushlandi
Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari hokimlik zaxirasidagi 20 ga yerni auksionga chiqarib, egalik huquqini rasmiylashtirishda yordam berishini aytgani va bu uchun 1 million dollar pora olgani aniqlandi. U qamoqqa olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
4 ta viloyatda jazoni yengillashtirish uchun pora olgan advokatlar ushlandi
O‘zbekistonning 4 ta hududida jinoyat ishidagi ayblanuvchilarga mansabdor tanishlari orqali qamoqdan ozod qilish, yengilroq jazo tayinlashda yordam berishini aytib pora olgan advokatlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Namanganda yana o‘quvchilar ijaraga olingan mashinada avariyaga uchradi
Namangan shahrida ikki nafar 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasida YTHga uchradi. Ular mashinani 150 ming so‘mga vaqtincha ijaraga olgan. Bir oycha avval xuddi shu shaharda ijaradagi avtomobilda avariyaga uchragan 3 nafar bola vafot etgandi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan O‘zbekiston fuqarosi 5 yilga qamaldi
Sud 51 yoshli o‘zbekistonlikni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. U advokat Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashni taklif qilganini aytdi. Erkak dron tomonidan tashlangan snaryadning portlashi oqibatida yaralangan.
Green Card anketasini to‘ldirish 7-noyabrgacha davom etadi
AQShning “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirish 7-noyabrgacha davom etadi. Avvalroq to‘ldirish muddati 5-noyabrda yakunlanishi xabar qilingandi.
Sirdaryoda 6,7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urinish fosh etildi
Sirdaryo viloyatidagi “Malik” chegara o‘tkazish punktida 6,7 kg miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.
Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi
Qamchiq dovonida old g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida yuk mashinasi yonib ketdi. Hodisa sabab dovon yo‘li vaqtincha yopildi.
Toshkent viloyatida ishlar sifatsiz bajarilgani uchun “dom” qurilishi to‘xtatildi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi. Binoning ayrim qismlarida g‘isht mustahkam terilmagani aniqlangan.
“Yallama” chegara bojxona posti xodimi huquqbuzarga yordam berish evaziga $1300 pora olgani aytilmoqda
“Yallama” chegara bojxona posti inspektor-surishtiruvchisi mamlakatga taqiqlangan tovar olib kirgan odamdan yordam evaziga $1300 olgani ma’lum bo‘ldi. Xodim firibgarlik, pora berishda ishtirok etishda ayblanib qamoqqa olindi. DXX viloyatda yana boshqa pora olgan MIB, soliq organi xodimlarini qo‘lga oldi.
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Sport
Chernogoriyadagi boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHda O‘zbekiston 13 medalni qo‘lga kiritdi (+foto)
Chernogoriyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi, unda O‘zbekiston terma jamoasi 13 medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar jamoasi umumjamoa hisobida 9 ta sovrin bilan birinchi o‘rinni egalladi, qizlar 4 ta medal oldi.
Jahon
AQShning yangi prezidenti nomi qachon ma’lum bo‘ladi?
AQShda prezidentlik saylovlari boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi. G‘olib nomi qachon ma’lum bo‘lishi mumkin, ovozlar qanday hisoblanadi, nima saylov natijalarini uzoq kutishga olib kelishi mumkin — material shu haqda.
KXDR Yapon dengizi tomon yettita ballistik raketa uchirdi
Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon 7 ta ballistik raketa uchirdi. Yaponiya buni “tinchlik va xavfsizlikka tahdid” deb atadi. Mutaxassislarga ko‘ra, KXDR bu bilan AQSh saylovlari oldidan yadroviy salohiyatini ko‘rsatmoqchi va Rossiyaga qo‘shin yuborgani muhokama qilinayotganda e’tiborni boshqa tarafga qaratmoqchi.
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan “yashil” loyihalar evaziga kechdi
Turkiya Qirg‘izistonning 58,8 mln dollarlik tashqi qarzidan “yashil” loyihalarni amalga oshirish evaziga kechib yubordi. Avvalroq Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov moliya tashkilotlari va davlatlarga davlat qarzini “yashil” tashabbuslarga ayirboshlashni bir necha bor taklif qilgandi.
Lahorda havo ifloslanishi ortidan maktablar vaqtincha yopildi
Pokistonning Lahor shahrida havoning xavfli sifati tufayli boshlang‘ich maktablar bir haftaga yopildi. Dam olish kunlarida ifloslanish rekord darajaga yetdi. Pokiston bunda “Hindiston shamollari"ni ham ayblamoqda. Hududda xodimlarning yarmi uydan ishlash tartibiga o‘tdi. Qator cheklovlar joriy etildi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!