Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent — Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha HY101 reysi 5-noyabr kuni ikkinchi marta to‘xtatildi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.

Avval xabar berilganidek, Boeing-787 samolyoti Toshkentdan jadvalga muvofiq soat 6:47 da havoga ko‘tarilgan. Ko‘p o‘tmay, samolyot komandiri 1967-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi — Rossiya fuqarosining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli uchish aeroportiga qaytishni so‘ragan.

Soat 7:35 da samolyot O‘zbekiston poytaxtiga qo‘ngan, u yerda yo‘lovchini tibbiy yordam mashinasi kutib turgan.

Soat 9:30 da samolyot yana havoga ko‘tarilgan. Nyu-Yorkka yetib borish mahalliy vaqt bilan 12:30 ga kutilgan edi.

Samolyot Kanada havo hududida bo‘lgan vaqtida komandir mamlakat sharqidagi Guz-Bey (Goose Bay) ayeroportiga qo‘nishga qaror qilgan — bu safar yo‘lovchida erta to‘lg‘oq boshlangani sababli.

Toshkent vaqti bilan soat 20:50 da samolyot qo‘ngan, bortga tibbiyot xodimlari chiqqan. Uni kasalxonaga yotqizish haqida qaror qabul qilingan.

Yangilik chop etilgan vaqtda samolyot belgilangan ayeroportga uchdi (mahalliy vaqt bilan 13:20 va Toshkent vaqti bilan 22:20).