Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi, deya xabar qilmoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Hodisa 5-noyabr kuni soat 13:30 larda A-373 avtomobil yo‘lining 258-kilometrida sodir bo‘lgan. Yong‘inga yuk avtomobilining nosoz old g‘ildiragi chiqib ketishi sabab bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Voqea joyida Qamchiq dovoni bo‘yicha YPX otryadi va FVV xodimlari holatni nazoratga olgan.
Ushbu yo‘nalishda harakat vaqtinchalik to‘xtatilgan. Yong‘in o‘chirilgach, harakat zudlik bilan ochiladi, deyiladi xabarda.
Bundan 2 kun avval, 3-noyabr kuni ham dovonida qisqa tutashuv sabab yuk avtomobili yonib ketgandi.