Toshkent aeroportiga Nyu-Yorkka jadval bo‘yicha soat 06:47 da uchib ketgan samolyot yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab soat 07:35 da qaytdi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.
Yo‘lovchi 1967-yilda tug‘ilgan, Rossiya fuqarosi bo‘lgan. U yerda kutib turgan tibbiy yordam mashinasi orqali tibbiy muassasaga jo‘natilgan.
HY101 reysi Toshkentdan mahalliy vaqt bilan 09:30 da qayta uchib ketgan, Nyu-Yorkka mahalliy vaqt bilan 12:30 da yetib borishi rejalashtirilgan.