Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 100 mingta layk yig‘ilsa, otasini urmoqchiligini aytib, tarmoqlarda video tarqatgan erkak 15 sutkaga qamaldi.

Videoda u 200 mingta layk yig‘ilsa, qariyalar uyiga topshirib yuborishini ham aytgan.

Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro U.S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.