Toshkent shahri Yashnobod tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi barcha harakat ishtirokchilari uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tumanda yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh yo‘l qismi 5-noyabrdan 5-dekabrgacha xizmat ko‘rsatmaydi.
Hokimlik noqulaylik uchun uzr so‘radi va muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.