Siyosat

dayjest

“YI barcha mavjud vositalar bilan O‘zbekistonga ko‘mak berishda davom etadi” — elchi Toyvo Klaar

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni barcha mavjud vositalar bilan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, deb ta’kidladi elchi Toyvo Klaar. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi “yaqin kelajakda” Bryusselda, YI-Markaziy Osiyo birinchi sammiti esa 2025-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.


Iqtisodiyot

dayjest

“Ba'zi rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga ham bir xil talab qo‘ymoqda” — JST bo‘yicha maxsus vakil

JSTga a’zolik masalasida “tashkilotga yaqinda a’zo bo‘lgan davlatlar bilan muzokaralar olib borish osonroq, chunki ular bu jarayon naqadar murakkab ekanini hali unutishmagan”, — dedi prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov. U, shuningdek, notarif to‘siqlar muammosiga ham to‘xtaldi.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi 6-noyabrdan propan narxining oshishiga cheklov o‘rnatdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorda cheklov (spred) joriy etdi.


dayjest

“Klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga o‘rtacha 212 so‘m xarajat qilinyapti” — prezident

Shavkat Mirziyoyev klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga respublika bo‘yicha o‘rtacha 212 so‘m xarajat qilinayotganini ta’kidladi. Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida esa bu ko‘rsatkich 2−3 barobar yuqori. To‘rtta viloyatda nasoslar yangilanmagani uchun suv tannarxi oshib ketmoqda.


dayjest

Sement zavodlari imtiyozlar hisobiga 250 mlrd so‘mni o‘zida saqlab qoldi

2024-yilda sement ishlab chiqaruvchilarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq rejalashtirilgan 2 barobar o‘rniga 4 barobar kamaytirilgandi. Bu imtiyoz hisobiga joriy yilda ularning ixtiyorida 250 mlrd so‘m qoladi. Ayrim qurilish materiallari uchun alohida soliq stavkalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi. Shuningdek, davlat va ko‘chma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish taqiqlandi.


dayjest

Qo‘qon shahrida terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda ayblangan 11 kishi qamaldi

Qo‘qon shahrida “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda aybdor deb topilgan 11 kishi 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.


dayjest

Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Hujjat uch oy o‘tgach kuchga kiradi.


dayjest

Tegishli huquqi yo‘q shaxslarning xalq tabobati bilan shug‘ullanishiga javobgarlik belgilandi

Prezident xalq tabobati sohasida ishlash huquqi yo‘q shaxslar tomonidan tashxis qo‘yish va davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilaydigan qonunni imzoladi. Bundan tashqari, xalq tabobatida ruxsat etilmagan usullardan foydalangan holda bunday xizmatlarni reklama qilish taqiqlandi.


dayjest

Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi sifatida Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar jalb qilinadi

Endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi. Bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi. Shuningdek, musiqa fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


dayjest

Xorazmdagi kiyim do‘konlarida chiqqan yong‘in 1 soatda o‘chirildi

Payshanba kuni Urganch tumanining Gurlan ko‘chasidagi kiyim do‘konlarida yong‘in chiqdi. 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, 1 soat ichida alangani o‘chirdi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi.


dayjest

Farg‘onada 4 kishi ovqatdan zaharlandi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 4 kishi kafeda tayyorlangan ovqatdan zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Holat Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan nazoratga olingan.


dayjest

MIB mansabdor shaxslari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgani aniqlandi

Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari 202,9 mlrd so‘mlik 200 ta ijro ishini qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatgani aniqlandi. Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

Samarqandda har yili suzish bo‘yicha Silk Water xalqaro turniri o‘tkaziladi

️2025-yildan boshlab har yili sinxron suzish bo‘yicha Toshkent shahrida “Suv parisi”, suzish bo‘yicha esa Samarqand viloyatida Silk Water xalqaro turnirlari o‘tkaziladi. 2026-yildan esa tajriba tariqasida Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatidagi mahallalarda 6×15 metr o‘lchamli suzish havzalari barpo etiladi.


Sport

dayjest

O‘zbekistonda MMA bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi

5−10-noyabr kunlari Toshkentdagi Humo arena muz saroyida aralash jang san’ati sport turi (MMA) bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda 67 ta mamlakatdan 600 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqani tomosha qilish uchun kelganlarga kirish bepul.


Jahon

dayjest

WSJ: Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga kirishini kamida 20 yilga muzlatishni taklif qildi

Donald Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan kamida 20 yilga voz kechmoqchi, deb yozadi WSJ. Bu Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha takliflarning bir qismidir. AQSh, shuningdek, Rossiyaning kelgusi tajovuzlarini to‘xtatish uchun Ukrainaga qurol berishni davom ettirishi mumkin.


dayjest

Germaniya: Shols moliya vazirini ishdan oldi, hukmron koalitsiya parchalanib ketdi

Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat moliya vaziri Kristian Lindnerni “ko‘pincha uning ishonchini oqlamagani va murosaga kelmagani” uchun ishdan oldi. Shuningdek, “svetofor koalitsiyasi” deb ataluvchi hukmron koalitsiya parchalanib ketdi. Yanvarda Bundestagda hukumatga ishonch masalasi ovozga qo‘yilishi kutilmoqda.


dayjest

2024-yil eng issiq yil bo‘lishiga “deyarli shubha yo‘q” — Copernicus

2024-yilda o‘rtacha global harorat rekord darajaga yetishi kutilmoqda. 2015-yilgi Parij kelishuvi doirasida mamlakatlar global isishni 1,5 daraja Selsiygacha cheklashga kelishib olgan, ammo bu yil ko‘rsatkich mazkur chegaradan oshishi mumkin.


dayjest

Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlamoqchi

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi butunlay taqiqlanmoqda. Mamlakat bu jarayonni tartibga solish sohasida jahon standartini o‘rnatmoqchi. Avstraliya raqamli sanoat assotsiatsiyasi buni “zamonaviy muammolar uchun o‘tgan asrdagi yechim” deya atadi.


dayjest

Pokistonning Lahor shahrida yuzlab odamlar havo ifloslanishi tufayli shifoxonaga yotqizildi

Havoning kuchli ifloslanishi saqlanib qolayotgani sababli Pokistonning Lahor shahrida yuzlab odamlar nafas olish muammolari bilan kasalxonaga yotqizildi. Hukumat maktablardagi barcha sinflarni onlayn ta’limga o‘tkazdi va aholini yanvar oyi oxirigacha ko‘chalarda niqob taqishga chaqirdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!