Farg‘onaning O‘zbekiston tumanida ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi. Sanepidqo‘mita holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, 5-noyabr kuni 2 nafar fuqaro tumanning Ibn Sino ko‘chasidagi kafeda tayyorlangan hotdogdan, yana 2 kishi esa Turkiston ko‘chasidagi hotdogdan zaharlangan.
Ular 6-noyabr kuni soat 11:30 da tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limiga oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi tashxisi bilan yotqizilgan.
Bemorlar shifoxonada shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi tashxisi bilan bo‘limga yotqizilgan. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli.
Xabarga ko‘ra, ushbu holat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.