5−10-noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxti aralash jang san’ati sport turi (MMA) bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Milliy aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga musobaqa jadvali haqida xabar berdi.

Turnir Humo arena muz saroyida 18−21 va 21−25 yoshdagi sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. Bu uchun dunyoning 67 ta mamlakatidan 600 nafarga yaqin sportchilar hamda 208 nafar trener va boshqa mutaxassislar ro‘yxatdan o‘tgan. Musobaqa 40 ta vazn toifasi bo‘yicha o‘tkaziladi (erkaklar 24 ta, ayollar 16 ta vazn toifalari).

O‘zbekiston aralash jang san’ati ustalari jahon chempionatida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi.

Musobaqa dasturiga ko‘ra:

  • 5-noyabr soat 11:00dan — 1/32-bosqich;
  • 6-noyabr soat 11:00dan — 1/16-bosqich;
  • 7-noyabr soat 11:00dan — ¼-bosqich;
  • 8-noyabr soat 11:00dan — ½-bosqich;
  • 9-noyabr soat 16:30dan — Kattalar o‘rtasida final bahslari;
  • 10-noyabr soat 16:30 dan — Yoshlar o‘rtasida final bahslari.

Musobaqani tomosha qilishni istovchilar uchun kirish bepul.

humo arena, mma, sport, ўзбекистон