7-noyabr kuni tushdan so‘ng Xorazm viloyatining Urganch tumanida Gurlan ko‘chasidagi kiyim do‘konlarida yong‘in chiqdi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmaga xabar kelib tushganini ma’lum qildi.

Olovni o‘chirishga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji chaqirildi. Ular 1 soat ichida yong‘inni o‘chirdi.

Olovdan tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.