Siyosat
Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
Prezident nasos stansiyalaridagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiluvchi axborot tizimi yo‘qligini tanqid qildi. Shu sababli endi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi va u xuddi shunday tizim ishga tushiradi.
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori buyrug‘i bilan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Iqtisodiyot
Hukumat tariflar oshganiga qaramay, gaz va elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi
2025-yilda davlat budjetidan elektr energiyasi, tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplash va issiqlik korxonalariga subsidiyalar uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Hukumat tariflar oshgani va 2025-yilda yana oshishiga qaramay, gaz hamda elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi.
YTTB va YI O‘zbekistondagi Voltalia quyosh elektr stansiyasi loyihasiga 54,5 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratdi
YTTB va YIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish uchun asos solingan Sarimay Solar kompaniyasiga 54,6 mln dollargacha mablag‘ ajratdi.
O‘zbekistonda mikrobiznes uchun qat’iy belgilangan aylanmadan soliq stavkalari bekor qilinishi mumkin
O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab aylanmadan soliqning qat’iy stavkalari bekor qilinishi mumkin. Ular 2023-yilda mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlash va soliq tizimini soddalashtirish uchun yagona 4 foizli soliq stavkasiga muqobil sifatida joriy qilingandi.
Yangi rekord: O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
Oktabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxining oshishi fonida yana 2 mlrd dollarga oshib, 43,1 mlrd dollarga yetdi. Ko‘rsatkich ketma-ket to‘rtinchi oy rekordini yangiladi. Markaziy bank oz miqdorda qimmatbaho metall sotib, qimmatli qog‘ozlar xarid qildi.
Prezident: 2025-yil — suv xo‘jaligida “nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘ladi
Prezident suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarida elektr iste’moli 8,3 mlrddan 6,8 mlrd kVt/soatga kamayganini, lekin bu yetarli emasligini ta’kidladi. U xorazmlik fermerlarning energiya tejash borasidagi tajribasini kengaytirish, shuningdek, 2 ta asosiy nasos stansiyasi uchun tender e’lon qilishni topshirdi.
Fuqarolarning mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda
Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar bilan O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalarini oshirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini aniqlash uchun binolarning minimal soliq bazasini ko‘tarish ko‘zda tutilgan.
Aholining valyuta sotib olishi va sotishi o‘rtasidagi ijobiy farq 4,8 mlrd dollarga yetdi — MB
Yanvar-sentabr oylarida banklar aholidan sotganidan 4,8 mlrd dollar ko‘proq valyuta sotib oldi. Ijobiy farq o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar oshdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash hajmi kamaydi.
Jamiyat
Dam olish kunlari havo nisbatan sovuq bo‘ladi
O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+15 daraja atrofida bo‘ladi.
Taxtaqoracha dovonida mashinaga tosh qulashi oqibatida halok bo‘lganlar orasida Vengriya fuqarolari ham bo‘lgan
Taxtaqoracha dovonida tog‘dan ulkan tosh avtomobilga qulashi oqibatida uch kishi, jumladan, ikki nafar Vengriya fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi chuqur ta’ziya izhor etib, marhumlarning jasadlarini vataniga qaytarishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
DXX 4 ta viloyatda ijaraga berilgan yer maydonlarini noqonuniy sotganlarni qo‘lga oldi
DXX Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Andijondagi holatda korxona rahbari va tadbirkor kelishib, issiqxonaga ajratilgan yerni kottej qurishga moslab berish evaziga xaridordan $230 ming so‘ragani ma’lum bo‘ldi. Ular oldindan $30 ming olganida ushlandi.
So‘rovnoma: Jamoat transporti ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerakmi?
Jamoat transportlari ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerak, deb o‘ylaysizmi? Ko‘pchilik bu xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi mumkin, deb hisoblaydi. Ba’zilar tiqilinchni bartaraf etish uchun boshqa choralarni taklif qiladi. “Gazeta.uz” bu borada odamlar fikri bilan qiziqdi.
Toshkent metropolitenining yana 9 ta bekatida jamoat hojatxonasi quriladi
Toshkent metrosining gavjum bo‘lgan 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona quriladi. Metrodagi birinchi jamoat hojatxonasi 2022-yilda ochilgandi.
Buxoroda Qizil kitobdagi baliqlarni ovlaganlar tabiatga 1 mlrd so‘m zarar yetkazdi
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida elektr qarmoq yordamida Qizil kitobga kiritilgan 20 ta Turkiston mo‘ylovdorini, shuningdek, yana 25 ta zog‘orabaliqni ovlagan 4 nafar shaxs tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi.
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (9−10-noyabr)
To‘qqizta kinopremyera, an’anaviy art-bozor, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, konsertlar, bolalar uchun ko‘ngilochar shoulari, do‘konlardagi chegirmalar, ko’rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Toshkentda Tracker butunlay yonib ketdi
Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Mashina to‘liq yonib ketgan, jarohatlanganlar yo‘q.
Qashqadaryoda 28 yoshli bemor xususiy poliklinikada olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi
Shahrisabz tumanida tomog‘i shishganidan shikoyat qilib xususiy poliklinikaga borgan 28 yoshli ayol olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor unga “Seftriakson” antibiotigi va “Deksametazon” preparati aralashmasidan in’eksiya yuborgan. Hozirda o‘lim holati bo‘yicha tergov ishlari ketmoqda.
FVV fuqarolarga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi
O‘zbekistonda 2022-yilda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan 84 ta holat 120 nafardan ko‘proq odamning o‘limiga olib keldi. 2023-yilda shu kabi 46 ta, 2024-yildan hozirgacha 32 tadan ko‘p is gazi chiqishi bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. FVV aholiga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararlarni qoplab berish rejalashtirilmoqda
Shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Jahon
“Vatan faqat g‘alabaga erishilgandagina sevilmaydi” — Bayden Trampning g‘alabasi haqida
AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlaridan keyin xalqqa murojaatida hokimiyat Donald Trampga “tinch va tartibli” o‘tishini ta’minlashini aytdi. “Biz mamlakat tanlovini qabul qilamiz”, — dedi u.
Bir kechada Ukrainaga yuzga yaqin dron hujum qildi
O‘tgan sutkada Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatida 65 dan ortiq kishi jarohatlandi. Xarkovda turar joy binosining uch qavati vayron bo‘ldi. Zaporoje shahrida ham ko‘p qavatli uyga zarar yetkazildi, 9 kishi, jumladan, bir yoshli bola halok bo‘ldi, shaharda motam e’lon qilindi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!