O‘zbekistonda jamoat transportlari ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerak, deb o‘ylaysizmi? Masalan, avtobuslarda kirish-chiqish alohida bo‘ladi, metroda esa vagonlar. Ko‘pchilik bu xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi mumkin, deb hisoblaydi. Ba’zilar esa tiqilinchni bartaraf etish uchun boshqa choralarni taklif qiladi.

Yaqin kunlarda Toshkent shahridagi avtobuslarning birida “ayollar — oldinda, erkaklar — orqada” yozuvli poster paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi uni 2 yigit yopishtirib, holatni videoga ham olgani aks etgan kamera yozuvlarini e’lon qildi. Bu kabi poster avvalroq Samarqandda avtobusda ham uchragan va avtobus haydovchisi intizomiy jazoga tortilgandi.

“Gazeta.uz” poytaxtning ayrim hududlarida bo‘lib, bu borada aholi fikri bilan qiziqdi. Ayrimlar buni ma’qullasa, ba’zi odamlar hozirgi holatda qolgani yaxshiligini bildirishdi. Javoblar bilan batafsil quyidagi video orqali tanishish mumkin: