Toshkent metropolitenining gavjum bo‘lgan yana 9 ta metro bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona quriladi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar qildi.

Metropoliten hojatxonalar aynan qaysi bekatlarda va qachon qurilishiga aniqlik kiritmagan.

2022-fevral oyida poytaxt metropolitenining “Chilonzor” bekatida sinov tariqasida ona va bola xonasi hamda hojatxona ishga tushirilgan edi.

Bir necha kun avval bekatlarning birida bir shaxs hojatini chiqargani aks etgan video tarqalgan edi. Shundan so‘ng tarmoqlarda metroda hojatxonalarni ko‘paytirish borasida munozaralar ko‘paydi.