Mehnat bozorida kurerlarga talab oshib borayotganiga qaramay, ko‘pchilik ushbu faoliyat turining haqiqiy ish sharoiti va daromad darajasi haqida to‘liq tasavvurga ega emas.
1-mif: kurerlar orasida faqat talabalarni uchratish mumkin
Mahalliy aholi orasida kurerlik kasbi faqat talabalarga mo‘ljallangan vaqtinchalik ish degan fikr-mulohazalar quloqqa chalanishi mumkin. Biroq bugungi kunda kurerlar orasida turli yoshdagi odamlarni uchratish ajablanarli emas. Ko‘pchilik kurerlik bilan asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha daromad olish uchun shug‘ullanadi, ba’zilar esa ofisdagi ishidan dam olish uchun kurerlikni tanlaydi. Eng muhimi kurer sifatida erkin grafikda barqaror va yuqori daromad olish mumkin.
2-mif: ayollar kurer bo‘lib ishlay olmaydi
Ilgari kurerlik bilan faqatgina erkaklar shug‘ullana oladi, degan tushuncha yurar edi, ammo hozir ushbu sohada ayollar ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Masalan, Uzum Tezkor xizmatida o‘nlab ayol kurerlar har kuni foydalanuvchilarning sevimli taomlarini tezkor yetkazib beradi.
Ko‘plab foydalanuvchilar ayol-kurerlarning xushmuomalaligini ta’kidlaydi, shu tufayli choychaqa olishda ularning ustunlik tomonlari ko‘proq. Shuningdek, kurerlarning so‘zlariga ko‘ra doimiy harakat jismoniy sog‘lom qomatni saqlab turishga, moslashuvchan grafik esa uy yumushlari va ishni qulay rejalashtirishga imkon beradi.
3-mif: kurerlar yaxshi daromad ko‘rmaydi
Eng ko‘p uchraydigan miflardan biri kurerlarning daromadi juda kam, degan fikr bo‘lsa kerak. Ammo kurerning daromadi u tomonidan belgilanadigan smenalar soni, shuningdek, buyurtmalarni yetkazib berishda foydalanadigan transport turiga bog‘liq. Masalan, Uzum Tezkor xizmatida avtomobilda yetkazib beradigan kurerlar oyiga 20 million so‘mgacha, mopedda — 10 million so‘mgacha, velosiped yoki piyoda yetkazib berishda esa o‘rtacha 7 million so‘mgacha ishlab topishi mumkin.
Bundan tashqari, kurerlik faoliyatida tez pul ishlab topsa bo‘ladi. Oyiga bir yoki ikki marotaba maosh beriladigan boshqa sohalardan farqli ravishda, yetkazib berish xizmatlarida kurerlar buyurtmalari uchun to‘lovni deyarli darhol yoki har hafta oxirida olishi mumkin.
Shuningdek, ko‘plab servislar kurerlariga qo‘shimcha bonuslar taklif etadi. Masalan, Uzum Tezkor xizmatida yangi xodimlarni jalb qilish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Do‘stingni taklif et” dasturi doirasida xodimlar rag‘batlantirib boriladi.
4-mif: kurerlik kasbida sohaviy o‘sish yo‘q
Ko‘pchilik kurerlik faoliyatida sohaviy o‘sish imkoniyati mavjud emas, deb hisoblaydi. Aslida iste’dodli va mehnatsevar mutaxassislar har doim qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan, Uzum Tezkor yetkazib berish xizmatida kurerlar xavfsizlik bilan shug‘ullanadigan yetakchi kurer, shuningdek, kurerlarni o‘qitadigan va yo‘naltiradigan brigadir bo‘lishi mumkin. Albatta, bu kareraning ilk bosqichlari, ammo yetkazib berish xizmatlari rivojlanib borar ekan, ushbu sohaning turli jihatlarini tubdan biladigan hamda samarali jarayonlarni qura oladigan mutaxassislarga bo‘lgan talab ortib boradi.
Reklama huquqlari asosida.