Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, oktabr oyida aholi tomonidan qabul qilingan (shaxsiy) inflyatsiya darajasi yana 0,2 foiz darajaga — 13,2 foizgacha kamaydi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oydagi 10,24 foizni tashkil etgan rasmiy yillik inflyatsiya darajasidan yuqori.

Inflyatsiyaning rasmiy e’lon qilinadigan darajasi aksariyat uy xo‘jaliklarining talablari asosida shakllantiriladigan bo‘lib, o‘zida iste’mol savatidagi barcha tovar va xizmatlarning umumiy narx darajasining o‘zgarishini aks ettiradi. Shaxsiy (o‘zingiz sezadigan) inflyatsiya o‘zingiz yoki oilangiz kundalik hayotida iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi asosida shakllanadi. Agar muntazam ravishda sotib oladigan tovarning narxi oshib ketsa, uning narxi kundalik hayotda kamdan-kam sotib oladigan tovarning narxidan ko‘ra ko‘proq o‘sgandek tuyuladi. Shunday qilib, har bir oila o‘zining shaxsiy (oilaviy) iste’mol savatiga ega bo‘lsada, ushbu iste’mol savati umumiy, mamlakat uchun hisoblanadigan iste’mol savatini hisoblash uchun ishlatiladigan iste’mol savatidan tabiiy ravishda farqlanadi (batafsil).

Regulyator xabarida respondentlarning sentabr-oktabr oylarida qaysi tovar va xizmatlar eng ko‘p qimmatlashgani haqidagi javoblari keltirilgan.

inflyatsiya, марказий bank

Kuzning so‘nggi oyida go‘sht va sut narxi keskin oshgani haqida xabar bergan respondentlarning ulushi yuqori darajada saqlanib qoldi — 51 foiz (sentabrda 56 foiz). Benzin va yoqilg‘i (propan, metan) narxlarining oshishini ko‘rsatgan respondentlarning ulushi biroz pasaydi — 39 foizdan 37 foizga, shuningdek, dori vositalari 29 foizdan 28 foizga tushdi.

Shu bilan birga, elektr energiyasi va gaz narxi oshgani haqida xabar bergan respondentlar ulushi 35 foizga (34 foizdan), o‘simlik moyi 21 foizdan 24 foizga, sabzavot va mevalar 16 foizdan 20 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida go‘sht narxining o‘sishi sekinlashdi: suyakli mol go‘shti 0,8 foizga (sentabrda 3,1 foizga, avgustda 5,3 foizga oshgandi), qo‘y go‘shti esa 1,2 foizga (sentabrda 2,8 foiz, avgustda 4,9 foiz). Yil boshidan buyon mol go‘shti 11,7 foizga, qo‘y go‘shti 12,3 foizga qimmatladi.

inflyatsiya, марказий bank

Hududlar kesimida o‘tgan oyda sezilgan inflyatsiyaning eng yuqori darajasi Andijon viloyatida — 15 foiz (sentabrda — 14,6 foiz), shuningdek, Toshkent viloyatida — 14,7 foiz (13,5 foiz) va Qashqadaryo viloyatida — 14,2 foiz (13 foiz) bo‘ldi.

Narxlarning eng kam o‘sishi Qoraqalpog‘iston — 10,9 foiz (12,5 foiz), shuningdek, Buxoro viloyati — 11,6 foiz (13,9 foiz) va Navoiy viloyati — 11,7 foiz (12,3 foiz) aholisida sezildi.

Daromadlari oyiga 15 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan rezidentlar uchun inflyatsiya darajasi 15,4 foizdan 13,8 foizga, daromadi 10−15 mln so‘m bo‘lgan rezidentlar uchun 15,1 foizdan 13,5 foizga kamaydi. So‘mlik daromadi 7−10 mln so‘m bo‘lgan respondentlar orasida bu ko‘rsatkich 14 foizdan 14,1 foizga oshgan. Daromadlari 2−3 mln so‘m bo‘lgan aholi 13 foiz (13,7 foiz), daromadga ega emas bo‘lganlar 13,8 foiz (12,7 foiz) darajasida inflyatsiyani boshdan kechirdi.

inflyatsiya, марказий bank