Braziliyaning Florianopolis shahrida 28-oktabr — 9-noyabr kunlari shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova g‘olib bo‘ldi.

Foto: V Passig.Foto: V Passig.

15 yoshli shaxmatchi turnir yakunlanishiga bir tur qolganda 11 ochkodan 10,5 ochko (10 g‘alaba, 1 durang va 0 mag‘lubiyat) to‘plagan holda g‘alabaga erishdi. Ikkinchi o‘rin rossiyalik Yana Japova (8 ochko), uchinchi o‘rin germaniyalik Xaris Peglau (8 ochko)ga nasib etdi.

O‘zbekiston vakili 64 nafar ishtirokchi orasida FIDE reytingida eng yuqori natijaga erishdi.

14 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Nilufarxon Imomqo‘ziyeva 12-o‘rinni, 14 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Javohir Bozorov 41-o‘rinni egalladi.

12-noyabr kuni Afruza Hamdamova Toshkent ayeroportida tantanali kutib olindi. Shuningdek, chempionga 112,5 million so‘m, murabbiyiga esa 56,25 million so‘m pul mukofoti topshirildi.

афрuза ҳамдамоva, shaxmat, shaxmat бо'йича jahon chempionati

Ma’lumot uchun, bu Hamdamovaning faoliyatidagi ikkinchi jahon chempion bo‘lishi. 2023-yilda Italiyada bo‘lib o‘tgan 14 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib чиққанva O‘zbekiston tarixidagi birinchi jahon chempioniga aylangan. O‘shanda u 100 mln so‘m, murabbiyi esa 50 million so‘m olgandi.

Eslatib o‘tamiz, Afruza Hamdamova sentabr oyida Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida tarixiy 12-o‘rinni egallagan edi. U “katta yuk”ka qaramay, jamoada barcha o‘yinlarni o‘tkazgan yagona o‘yinchi bo‘ldi, degandi shaxmat bo‘yicha ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Dreyev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida.

Jahon chempionati 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Musobaqada 62 davlatdan 520 nafar shaxmatchi ishtirok etgan.