Boysunning 2024-yil 1-sentabrda buzilgan hayoti hali ham o‘zining avvalgi maromiga qaytmadi. “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz koni quduqlaridan birida yuz bergan avariya oqibatlari to‘la bartaraf etilganicha yo‘q, quduq yaqinidagi aholi punktlarining aksariyat aholisi esa evakuatsiya qilingan omonxonalarida yashashda davom etyapti.

“Gazeta.uz” jamoasi 1−2-noyabr kunlari Boysunda bo‘lib, texnogen ofatdan eng ko‘p aziyat chekkan Kofrun shaharchasi aholisi, Boysundagi texnikum yotoqxonasiga evakuatsiya qilingan oilalar, gazdan zaharlanib, davolanishda bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, quduqdagi ikkinchi avariya oqibatida halok bo‘lgan yigitlardan birining qarindoshi bilan suhbatlashdi.

Ularning deyarli bari vaziyat yuzasidan tayinli izoh va axborot berilmayotgani, mavhumlik sabab kelajak borasida biror tayinli reja qilolmayotgani, bolalari bilan sarson bo‘lib yurgani, ularning o‘qishi ham o‘lda-jo‘lda qolgani, topgan puli davolanishga ketayotgani, qahraton qishni qanday o‘tkazishini o‘ylab, xavotirda yashayotganini ta’kidladi.

Reportajni “Gazeta.uz"ning Youtube’dagi sahifasida yoki quyida to‘liq tomosha mumkin:

Ma’lumot uchun, “Gazeta.uz” muxbirlari sentabr oyi o‘rtalarida ham Boysundan reportaj tayyorlagan edi: