Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayolning murdasi Qorasuv kanalidan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Gazeta.uz”ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro O.X. (ayol) bir necha kun avval uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan. Uning turmush o‘rtog‘i 6-noyabr kuni tuman IIB boshlig‘iga ariza yozib, ayolini qidirishda yordam so‘ragan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida bedarak yo‘qolgan ayolning murdasi 10-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor shaharchasi Ma’rifat mahallasidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalidan topilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura tomonidan taqdim etilgan axborotda.