O‘zbekiston bozorida ZS modelining paydo bo‘lishi MG Motor`ning mintaqadagi kengayishida muhim bosqich bo‘ldi. ZS brendning mamlakatda taqdim etilgan birinchi modeliga aylandi, yaqin oylarda esa modellar qatorini talab yuqori bo‘lgan modellar bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.

Ushbu bahorda MG Motor vakolatxonasining ochilishi 1924-yildan beri qulaylik va innovatsiyalarga e’tibor qaratgan holda zamonaviy va yuqori toifali avtomobillar ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lgan kompaniyaning strategik pozitsiyasini mustahkamladi.

рекlама

Asriy tarixga ega brend

MG (Morris Garages) — ko‘p asrlik tarixga ega Britaniya brendi bo‘lib, afsonaviy klassik rodsterlardan tortib zamonaviy elektromobillar va krossoverlargacha bo‘lgan avtomobillarning keng assortimentini taklif etadi. Ko‘p yillardan beri kompaniya yuqori sifat, uslub va texnologik mukammallik bilan bog‘lanib keladi.

MG (Morris Garages) brendi 1924-yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan va dastlab sport avtomobillari va rodsterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu hali ham mashhurligini saqlab qolgan eng qadimgi Britaniya avtomobil brendlaridan biridir.

Bugungi kunda MG avtomobillari so‘nggi 18 yil davomida sohada yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan va dunyodagi yirik eksportyorlar qatoriga kiruvchi Xitoyning SAIC Motor avtogiganti quvvatlarida ishlab chiqariladi. MG brendi mahsulotlari xalqaro sifat va ishonchlilik standartlariga javob beradi.

рекlама

ZS dizayni va xususiyatlari

ZS — zamonaviy dizayni bilan ajralib turadigan ixcham va o‘z stiliga ega krossover. Kuzovning nafis chiziqlari va xromli radiator panjarasi uning dinamik qiyofasini ta’kidlaydi, LED kunduzgi chiroqlari bilan esa old faralar yaxshilangan ko‘rishni ta’minlaydi. Avtomobilning ichki qismida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

  • ko‘p funksiyali rul;
  • 360 gradusli ko‘rish kamerasi;
  • 10,1 dyuymli sensorli ekran;
  • Apple CarPlay va Android Auto va boshqalarni qo‘llab-quvvatlash.

рекlама

Xususiyatlari:

  • dvigatel: quvvati 1,0 l, 111 ot kuchiga ega;
  • olti pog‘onali avtomatik transmissiya;
  • uzatma: old;
  • uchta haydash rejimi — “Shahar”, “Normal”, “Dinamik”;
  • keng imkoniyatlarga ega multimedia tizimi.

рекlама

MG ZS USD (Ultimate Stiffness Design) texnologiyasidan foydalanilgan kuzovga ega bo‘lib, unda 70% yuqori mustahkam po‘lat ishlatiladi. Bu avtomobilning xavfsizlik darajasini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, model turli xil yo‘l sharoitlarida avtomobilni ishonchli boshqarishni kafolatlaydigan ABS, EBD, ESP, CBC, HHC, TCS va BDW kabi bir qator zamonaviy tormoz tizimlari bilan jihozlangan.

MG ZS haqida batafsil ma’lumot bilan havolada tanishish mumkin.

рекlама

MG ZS krossoverining narxi 251,55 mln so‘mni tashkil etadi. Avtomobilni rasmiy dilerdan sotib olgan mijoz qaysi biri oldinroq kelishiga qarab, besh yilgacha yoki 150 ming kilometrga rasmiy kafolat oladi.

MG ZS’ni quyidagi rasmiy dilerlardan xarid qilish mumkin:

  • MG OlamAvto — Yashnobod tumani, Elbek ko‘chasi, 61/3.
  • Ish rejimi: har kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha. Telefon: 1312.
  • MG NGF Sergeli — Sergeli tumani, Toshkent halqa yo‘li, 113-uy.
  • Ish rejimi: har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha. Telefon: (+998) 94−881−55−55.
  • MG NGF Qo’yliq — Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li, 738.
  • Ish rejimi: har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha. Telefon: (+998) 94−883−55−55.

Qo‘shimcha ma’lumotni MG Motor call-markazi (+998) 55−514−88−88 raqami yoki hamkorlik uchun ariza berish imkoniyati mavjud bo‘lgan veb-saytidan olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.