O‘zbekiston Milliy banki xalqaro pul o‘tkazmalarining tezkorligi, mavjudligi va ishonchliligini qadrlaydiganlar uchun qulay yechim taklif etadi. Endi Milliy ilovasida Ria Money Transfer xizmati orqali elga pul yuborish va qabul qilish mumkin. Xizmat mahalliy (UzCard, Humo) hamda xalqaro (Visa, Mastercard) to‘lov tizimlari kartalaridan foydalangan holda bir necha soniya ichida mablag‘larni xavfsiz o‘tkazish imkonini beradi.

Ria Money Transfer – pul o‘tkazmalari sohasida dunyodagi toplari biri bo‘lib, kompaniya 37 yildan ortiq tajribaga ega. Ria Money Transfer butun dunyo bo‘ylab mijozlarning ishonchini qozonib ulgurgan. Kompaniya 600 mingdan ortiq punktni o‘z ichiga olgan tarmog‘i orqali 200 dan ortiq mamlakat va hududlarni qamrab olgan holda xalqaro pul o‘tkazmalari sohasidagi yirik provayderi hisoblanadi. Ria Money Transfer bilan mijozlar o‘z moliyaviy operatsiyalarining tezkorligi va xavfsizligiga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Pul yuborish va qabul qilish jarayoni juda oson:

  1. Ilovani ochish.
  2. “Xalqaro o‘tkazmalar” bo‘limiga o‘tish.
  3. Ria’ni tanlab, kerakli ma’lumotlarni kiritish.
  4. Pul yuborish yoki olishni tasdiqlash zarur.

Batafsil ma’lumot saytda.

Reklama huquqlari asosida.