Andijon viloyati Asaka tumanida 11-noyabr kuni Damas piyodani bosib ketdi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, 24 yoshli haydovchi Damas`da ketayotib, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni urib yuborgan. Atrofdagilar qizni mashina ostidan chiqarib olgan.

Piyoda zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan, deyiladi IIB mas’uli tomonidan taqdim etilgan axborotda.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limi xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.