13-noyabr kunlari Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 10:13 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 36,4 gradus shimoliy kenglik; 71,2 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 5,8. Chuqurlik — 100 km. Epitsentr — Toshkentdan 568 km janubi-g‘arbda.

Yer qimirlashi, o‘z navbatida, O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida 2 ballik kuch bilan sezildi.