Oktabr oyida O‘zbekistonda avtotransport vositalari savdosi 102,3 ming donani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 7 foizga kamaydi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida.

Yillik ko‘rsatkichda faollikning sezilarli pasayishi (-44 foizdan ko‘proq) qayd etildi. Yengil avtomobillar segmentida o‘tgan oyga nisbatan 6 foizlik pasayish kuzatildi va 95,4 ming dona avtomobil sotildi. Bu sotuvlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli pasayganini ko‘rsatmoqda (-43,3 foiz).

avtomobillar bozorи, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, elektromobillar

Hududlar bo‘yicha bu segmentdagi savdolarning eng katta pasayishi Toshkent shahrida (18,4 foiz), Farg‘ona (17 foiz) va Andijon (14,4 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Birlamchi bozor

Yengil avtomobillar birlamchi bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 15 foizga kamaydi, bu o‘tgan oyga nisbatan 6,2 mingta avtomobilga kam hisoblanadi. Yillik hisobda esa faollik 21,8 foizga kamaygan. Oy davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 20 foizga kamaydi va 30,2 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yillik ko‘rsatkichda 22 foiz pasayish kuzatildi.

Import avtomobillar

Oktabr oyida import qilingan yengil avtomobillar bozorida sotuvlar ko‘paydi. Oy davomida bu segmentdagi faollik 35 foizga oshdi, bir oy ichida 4,7 mingta xorijiy avtomobil sotildi. Shunga qaramay, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda sotuvlar 20 foizga kamaygan.

Ikkilamchi bozor

“Oktabr oyida yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat faollikning pasayishi va sotuv hajmining har yili sezilarli darajada pasayishi bilan tavsiflanadi”, — deyiladi markaz tahlilida.

Bu segmentda oktabr oyida 60,4 mingta yengil avtomobillar sotilgan, bu oldingi oyga nisbatan atigi 23 donaga kamroq, lekin o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar ikki baravar kamaygan.

Elektromobillar

Elektromobillar segmentida oktabr oyida sotuvlar hajmi sentabr oyiga nisbatan 20 foizga o‘sib, 5,1 ming dona elektromobilni tashkil etdi. Sentabr oyida 4,24 ming dona, avgust oyida esa atigi 1,7 ming dona elektromobil sotilgandi.

avtomobillar bozorи, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, elektromobillar

“Hududlar bo‘yicha olib borilgan tahlillar elektromobillar segmenti faol rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda, xususan, sotuvlarning eng ko‘p o‘sishi Namangan va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etilgan. Yil davomida elektromobillar savdosi 87,5 foizga o‘sdi, bu 2,3 ming dona elektromobilga teng”, — deyiladi markaz tahlilida.