Iqtisodiyot
Piskentdagi avtopoligonda import avtomobillarni sinovdan o‘tkazish uchun navbat yuzaga keldi. Sabablar
1-noyabrdan O‘zbekistonga olib kelinadigan avtomobillar bojxonada emas, balki Piskentdagi poligonda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Jarayon ko‘p vaqt talab etadi, sertifikat narxi esa 3,5 barobarga oshdi (keyinchalik narx biroz pasaytirildi). “Gazeta.uz” texnik ko‘rik o‘tkazuvchi UzTest bilan suhbat qildi.
Germaniya O‘zbekistonga “yashil” sanoatlashtirish uchun yana 3 mln yevro grant ajratadi
O‘zbekiston Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)dan “yashil” sanoatlashtirishda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida yana 3 mln yevro miqdorida grant oladi.
Oktabrda yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi
Oktabr oyida O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi (95,4 ming dona). Sotuvlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli pasaygan (-43,3 foiz). Oy davomida ikkilamchi bozorda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar kam avtomobil sotildi.
Jamiyat
Reportaj: Boysunliklar M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib qanday yashayapti?
M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib ham aholi mavhumlik va mish-mishlar ichida yashashda davom etyapti. Kasalxonalarga hamon zaharlanish alomatlari bilan bemorlar olib kelinmoqda. Bu zaharlanishlarning uzoq istiqbolda organizmga qanday ta’siri qilishi noma’lum. “Gazeta.uz"ning Boysundan yangi reportaji.
Samarqandda o‘quvchi qizni zo‘rlashda 9 kishi gumonlanmoqda
Samarqand viloyatida maktab o‘quvchisini o‘g‘irlash va zo‘rlashda gumonlanuvchilar 9 nafar bo‘lib, ularning orasida prokuratura xodimi ham bor. Ularning 8 nafari qo‘lga olingan, deb xabar qildi Bosh prokuratura.
Samarqandda avtobus urib yuborgan 3-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
Samarqandda avtobus haydovchisi maktab yaqinida yo‘ldan o‘tayotgan 3-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bola voqea joyida halok bo‘ldi. Suratda yo‘lni ajratib turuvchi chiziqda maktab o‘quvchisining maketi o‘rnatilganini ko‘rish mumkin. “Gazeta.uz” bunday maketlar xavfni kamaytirishi o‘rniga oshirishi haqida ko‘p yozgan.
Samarqanddagi Sherdor madrasasining fasadi AQSh ko‘magida qayta tiklanadi
AQSh Madaniy merosni asrab-avaylash jamg‘armasi Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda Samarqanddagi Sherdor madrasasida konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshiradi. 500 ming dollarlik loyihaga mahalliy hunarmandlar va xorijlik mutaxassislar taklif etiladi.
Sirdaryoda 400 dollar pora olgan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Sirdaryo viloyatida YTH sodir etgan haydovchiga dastlabki tekshiruv materiallarini uning foydasiga hal qilish va avtomobilni jarima maydonchadan qaytarib olishga ko‘maklashishni aytib, 400 dollar so‘ragan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Toshkentda 199 mln so‘mlik antibiotiklarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Yunusobod tumanida qiymati 199 mln so‘mlik 10 ming quti antibiotikni noqonuniy sotishga urinishning oldi olindi. Gumonlanuvchilar xorijda ishlab chiqarilgan dorilarni sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotishga uringan.
Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari sport bilan shug‘ullanishni istagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida bepul sport bilan shug‘ullanish uchun yo‘llanma berishni boshlaydi. Shuningdek, adaptiv sport turlari ommalashtiriladi va rivojlantiriladi.
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash tartibi tasdiqlandi
DXX raisining buyrug‘i bilan muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash va ularning yagona reyestrini shakllantirish tartibi tasdiqlandi.
Qarshida Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi
Qarshi aeroportida bojxonachilar 116 dona qadimiy tangani Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaroni qo‘lga oldi. Qimmatbaho buyumlar Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga topshirildi.
Maktab o‘quvchilari mini sun’iy yo‘ldoshning sinov parvozlarini amalga oshirdi
“O‘zbekkosmos” agentligi CanSat mini sun’iy yo‘ldosh sinov parvozlarini tashkil etdi, unda 100 dan ortiq maktab o‘quvchisi ishtirok etdi. Modullar dron yordamida 500 metrgacha balandlikka ko‘tarildi, u yerda balandlik, harorat va bosim haqidagi ma’lumotlar qayd qilindi.
Madaniyat
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi yo‘lga qo‘yiladi
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida “Ipak yo‘li” temiryo‘l sayohati turi yo‘lga qo‘yiladi. “Olmaota — Turkiston — Toshkent — Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2024-yil 16-noyabr kuni yo‘lga chiqadi. 4 kunlik tur sayyohlarga Buyuk Ipak yo‘li izlari bo‘ylab sayohat qilish imkonini beradi.
Sport
Qatar — O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Qatarga qarshi safarda o‘ynaydi. Terma jamoa yordamchi murabbiyi yutqazmaslikni yaxshi natija deb hisoblash mumkinligini aytdi. Qatar bosh murabbiyi esa o‘z futbolchilaridan “200 foiz kuch berib, O‘zbekistonga o‘z uslubini o‘tkazishni” so‘radi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!