O‘zbekiston prezidentining ilg‘or xorijiy tajriba asosida respublikada zargarlik sanoatini rivojlantirishga doir qarorlariga muvofiq, “O‘zmilliybank” AJning NBU Invest Group AJ kompaniyasi tomonidan Turkiyaning Pala Golden Jewellery kompaniyasi bilan Buxoro shahrida zamonaviy zargarlik markazini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi hamda 2024-yil 7-noyabrda investitsion bitim imzolandi.

Pala Golden Jewellery kompaniyasi zargarlik yo‘nalishida 25 yillik tajribaga ega bo‘lgan tadbirkor Ufuk Pala tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, zargarlik buyumlari bilan birga ilg‘or texnologik uskunalar ishlab chiqarishga ham ixtisoslashgan. Kompaniyaning Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Marokash kabi davlatlarda sotuv ofislari mavjud va hozirda faoliyat geografiyasini yanada kengayib bormoqda.

Buxoro shahrida tashkil etiladigan markazda yillik quvvati 300 kilogrammga teng zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Markazda “shou-rum” va ishlab chiqarish maydonlari, xomashyo zaxirasi, asllik darajasini aniqlash laboratoriyalari hamda zargarlik yo‘nalishida mutaxassislarni dual ta’lim shaklida tayyorlovchi o‘quv kurslarini tashkil qilish va majmuani 2025-yil birinchi choragida ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

Markazga turkiyalik tajribali mutaxassislar jalb qilinishi bilan bir qatorda mahalliy yoshlar uchun ham ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, O‘zbekistondagi zargarlik yo‘nalishiga ixtisoslashgan o‘quv dargohlari talabalari bevosita ushbu zargarlik markazida hamda Pala Golden kompaniyasining xorijdagi korxonalarida o‘z bilim va malakalarini oshirib boradi.

Reklama huquqlari asosida.