Siyosat
Prezident kuz-qish mavsumida aholini energiya bilan barqaror ta’minlashni buyurdi
Kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 21 mlrd kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Havo keskin sovigandagi rejalar va ijtimoiy muassasalarni energiya bilan uzluksiz ta’minlash choralari ishlab chiqilgan. Hududlarda gazni tejash imkoniyatlari amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skrining usullari takomillashtiriladi
O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun PSR va sitologik tekshiruvdan foydalangan holda skriningdan o‘tkazishni kengaytirish reja qilinmoqda. SSV rahbari Asilbek Xudayarovga ko‘ra, saratonni erta aniqlashning har bir holati uchun bonuslar berish tajribasi muvaffaqiyatli o‘tgan.
Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi
Shu vaqtgacha Yangiyo‘l shahri hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Shahar hokimi lavozimiga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan Ravshan Raimov tayinlandi.
O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim ishtirokchisiga aylandi
O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. Hujjat elektron savdo hujjatlarini o‘zaro tan olishga ko‘maklashadi. Bu hamkor davlatlar bilan eksport-import operatsiyalarini tezlashtirish imkonini beradi, deb kutilmoqda.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi 2025-yildan cheklanadi
2025-yildan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan ishlab chiqaruvchilardan quyosh panellari, invertorlar va akkumulyatorlarni olib kirishga taqiq joriy etiladi.
SSV huzurida Xaridlar markazi tashkil etilib, dorilar 15 oylik talab asosida xarid qilinadi
SSV huzurida dorilarini ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi Xaridlar markazi tashkil etilmoqda. Shifoxonalar uchun dorilar 15 oylik talabdan kelib chiqib sotib olinadi, yaroqlilik muddati yaqin qolgan dorilarni xarid qilish taqiqlanadi.
Jamiyat
Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi
O‘zbekistonda 16−17-noyabr, dam olish kunlari havo asta-sekin ilib, harorat +14…+17 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (16−17-noyabr)
To‘qqizta kinopremyera, Yangi yil archasi ochilishi, NeUyat festivali, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va bolalar uchun mashg‘ulotlar, chegirmalar hamda kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi
Samarqandning Nurobod tumanida yashovchi yigit Telegram orqali diniy ekstremistik materiallarni tarqatib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Prezident “Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi
“Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.
BSK shartnomalarida iste’molchilarning huquqlarini cheklovchi shartlar aniqlandi
Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalarning shartnomalarida iste’molchilarning huquqlarini cheklovchi shartlar aniqlandi. 2024-yilda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 380 ta murojaat kelib tushgan.
O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiya qilish tajribasi BMTda ko‘rib chiqilmoqda
BMT shtab-kvartirasida O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasi ko‘rib chiqildi. “Davlatlar O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda reabilitatsiya va reintegratsiya strategiyalarini ishlab chiqishi dolzarb masala”, — dedi BMT Aksilterror qo‘mitasi rahbari Vladimir Voronkov.
Elektron shaklda sug‘urta polislarini rasmiylashtirish tartibi tasdiqlandi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan elektron shaklda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Hujjat 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
“Yoshlar orasida „dorixona narkomaniyasi“ keng tarqalayotganidan tashvishdamiz” — Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi
O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda narkojinoyatlar soni ikki barobarga ko‘paydi. NNQMM rahbari Ravshan Mamatovning aytishicha, ayniqsa sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi 400 martaga ko‘paygan. “Bu illatning yoshlar o‘rtasida keng tarqalayotgani bizni tashvishga solmoqda”, — dedi u.
Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigitga hukm o‘qildi
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida avgust oyida opasini kaltaklab o‘ldirgan 16 yoshli bolaga hukm o‘qildi. Sud uni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Sport
“Ancha paytdan beri yutqizmayotgan edik, shu sabab bu muxlislar uchun og‘ir” — Srechko Katanets
Qatardan uchralgan mag‘lubiyat Srechko Katanets qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasining 17 o‘yindagi mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘xtatdi. U 2:2 hisobida futbolchilarga himoyada o‘ynashni tayinlamaganini aytdi. “Ancha paytdan beri mag‘lubiyatga uchramayotgan edik, shu sabab bu muxlislar uchun og‘ir” — dedi murabbiy.
Jahon
Estoniya aholi orasida pul yetishmasligi tufayli jinoyatchilik ko‘payganini e’lon qildi
Estoniya adliya va raqamli texnologiyalar vaziri mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, jumladan, pul yetishmovchiligi tufayli jinoyatchilik 4 foizga ortganini ma’lum qildi. Bunda oziq-ovqat va velosiped o‘g‘irlash soni eng ko‘p o‘sgan. Mamlakat inflyatsiya bo‘yicha Yevrohududda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ukraina hukumati mamlakat uchun “matonat rejasi"ni e’lon qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelgusi haftada mamlakat uchun urush davridagi “matonat rejasi"ni taqdim etishini bildirdi. U o‘nta bandni, jumladan, Ukrainaning “madaniy suvereniteti”, xavfsizlik, energetika va qurol-yarog‘ va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Isroil Erondagi yadroviy qurolni o‘rganish maxfiy laboratoriyasini yo‘q qilgan — Axios
Oktabr oxirida Isroilning Eronga hujumi Tehron yaqinidagi yadroviy qurol ishlab chiqish bo‘yicha maxfiy markazni vayron qildi va Eronning yadroviy tadqiqotlarni qayta boshlash borasidagi sa’y-harakatlariga “sezilarli darajada putur yetkazdi”, deb yozmoqda Axios.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!