O‘zbekistonda hafta o‘rtasida bo‘lgan sovuq haroratdan so‘ng 16−17-noyabr, dam olish kunlari havo asta-sekin iliqlashadi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.
Juma kuni kunduzi havo harorati +8…+11 darajaga yetadi, yakshanba kuni esa termometr ustuni +14…+17 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari harorat biroz sekin ko‘tariladi va 0…+5 atrofida bo‘ladi, shimolda ba’zi joylarda −1…−2 darajagacha soviydi.
Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat asosan kechalari 0…+3 daraja, 16-noyabrda +11…+13 daraja, 17-noyabrda +14…+16 daraja oralig‘ida bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.