Jizzax viloyatida 2024−2025-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan tizimli ishlar tashkil qilingan bo‘lib, aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun joylarda elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida mukammal hamda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

реклама

Xususan, hududdagi barcha iste’molchilarga elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 2024-yilda ta’mirtalab 1406,6 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 447 dona transformator punkti, 3 dona 35−110 kV kuchlanishli kuch transformatori va 24 dona 35−110 kV kuchlanishli o‘chirgich mukammal ta’mirlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha 1406,6 km elektr uzatish tarmoqlari, 447 dona transformator punkti, 3 dona 35−110 kV kuchlanishli kuch transformatori va 24 dona o‘chirgich mukammal ta’mirlandi.

реклама

Bundan tashqari, 2024−2025-yil kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida 3309,1 km elektr uzatish tarmoqlari, 745 dona transformator punkti joriy ta’mirlanishi rejalashitirilib, rejaga asosan 3309,1 km elektr uzatish tarmoqlari, 745 dona transformator punktida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi hamda yuklanish bilan ishlayotgan 9 ta transformator katta quvvatlisiga almashtirildi.

реклама

Kuz-qish mavsumida avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf qilish maqsadida barcha shahar va tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi 509 nafardan ziyod xodimlar tarkibida jami 100 ta tezkor brigada, 100 ta avtomashina va 33 ta maxsus avtomashina shay holatga keltirilgan.

Shu bilan bir qatorda, viloyatda mavsum uchun zarur jihozlar ehtiyojini tezkor qoplash maqsadida 24 ta transformator, 45 tonna transformator moyi, 20 kilometr kabel va 200 dan ortiq beton-tayanch ustun zaxirasi yaratildi.

Reklama huquqlari asosida.