Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumaniga Batirbek Ubbiniyazov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges xabar qildi.

16-noyabr kuni xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orыnbayev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Sessiyada Bo‘zatov tumani hokimi lavozimiga Ubbiniyazov Batirbek Ongarbayevichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan nomzodni tuman Kengashining deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdi.

Sessiyada Ubbiniyazov Batirbek Ongarbayevich Bo‘zatov tumani hokimi etib tayinlandi. U bugungi kunga qadar Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Batirbek Ubbiniyazov 2022-yil mart oyidan beri hokimlik qilib kelgan Kamal Allaniyazov o‘rnini egalladi.