AQShning yangi prezidenti Donald Tramp 27 yoshli Kerolayn Livittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinladi. U AQSh prezidenti matbuot xizmatining tarixdagi eng yosh rahbari bo‘ladi, deb yozmoqda Fox News.

Tramp “aqlli va qattiqqo‘l” Livittni “samarali kommunikator” deb atadi va u “Amerika xalqiga bizning xabarimizni yetkazishga yordam beradi” deya ishonch bildirdi.

Livitt Trampning birinchi muddati davomida prezident ma’muriyatida ishlagan — u o‘sha paytdagi matbuot kotibi Keyli Makinanining yordamchisi edi. Livitt Oq uy matbuot xizmatiga 2019-yilda kollejni tugatgandan ko‘p o‘tmay oddiy xodim sifatida kelgan.

Menga ishonganingiz uchun rahmat, prezident Tramp. Faxrdaman, deb yozadi Livitt.

Shu paytgacha AQSh prezidentining eng yosh matbuot kotibi Ron Zigler bo‘lib, u bu lavozimga 29 yoshida Richard Nikson davrida kirgandi.