Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq quyidagilar Oliy Majlis Senati a’zolari etib tayinlandi.
- Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori;
- Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori;
- Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori;
- Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi;
- Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori;
- Safoyev Sodiq Solixovich — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari;
- Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori;
- Turdiyev Sodiqjon — O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi;
- Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi.
Yuqorida ilgari ham prezident tomonidan tayinlangan senatorlar ajratib ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Konstitutsiya yangilangandan keyin hududlardan saylanadigan va prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlarning umumiy soni 100 tadan 65 taga qisqardi.
Endilikda Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 4 nafardan (ilgari — 6 nafardan) saylanadi. Senatning yana 9 nafar a’zosi (ilgari — 16) fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish va davlat va jamiyat faoliyatining boshqa sohalarida katta amaliy tajribaga va alohida xizmatlarga ega bo‘lgan eng obro‘li fuqarolar orasidan prezident tomonidan tayinlanadi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari 7−12-noyabr kunlari o‘z deputatlari orasidan Senat a’zolarini saylash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Surxondaryo va Toshkent viloyatida yangi senatorlar e’lon qilindi.