Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘prigi ostidan o‘tuvchi Toshkent tibbiyot akademiyasidan Ashxobod bog‘i tomon yo‘nalishidagi qismi 16-noyabr soat 22:00 dan 17-noyabr soat 08:00 gacha yopiladi. Bu haqda poytaxt matbuot xizmati xabar qildi.
Hokimlik u yerda quvur almashtirish ishlari olib borilishini ma’lum qilgan.
“Mazkur vaqt davomida yo‘l harakati ishtirokchilariga muqobil yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Avvalroq yo‘l qurilish ishlari sababli KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh qismi 5-dekabrgacha yopilgani xabar qilingandi.