Hindiston o‘zining birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti (DRDO) 16-noyabr kuni kechqurun Odisha shtati qirg‘oqlari yaqinida raketa sinovlarini o‘tkazgan. Hindiston hukumati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, raketa masofasi 1500 kilometrni tashkil qiladi.

Mudofaa vaziri Rajnatx Singx muvaffaqiyatli sinovlarni mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda “muhim bosqich” deb atadi. “Bu tarixiy lahza va bu muhim yutuq mamlakatimizni muhim va ilg‘or harbiy texnologiyalarga ega tanlangan davlatlar guruhiga olib chiqdi”, — dedi u.

">https://x.com/rajnathsingh/status/1857980534011605222?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1857980534011605222%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=[/twitter_post]

So‘nggi yillarda Nyu-Dehli G‘arb davlatlari bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni, asosan, AQSh, Yaponiya va Avstraliyani o‘z ichiga olgan To‘rtlik ittifoqi orqali mustahkamlamoqda.

Bir necha yil oldin Xitoy va AQSh gipertovushli raketalarning muvaffaqiyatli sinovlarini e’lon qilgandi. Bu sohadagi ishlanmalar, deb yozadi Bloomberg, Hindistondan tashqari Avstraliya, Fransiya, Germaniya, shuningdek, Shimoliy Koreya tomonidan olib borilmoqda.