Markaziy saylov komissiyasining 16-noyabrdagi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatga olindi.

Hujjatga ko‘ra, hududlardan jami 56 nafar o‘rniga 51 nafar senator saylangan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari 3 nafardan senator bo‘lgan. Biroq yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq, Senat a’zolari hududlardan teng miqdorda — 4 nafardan (ilgari — 6 nafardan) saylanishi kerak. Shu bilan birga, ularning umumiy soni 100 tadan 65 taga qisqargan.

Markaziy saylov komissiyasining qayd etishicha, yangidan shakllangan Senat a’zolarining 56,6 foizi 60 yoshdan kattalarni tashkil etdi. Bir nafari — 30 yosh, 41,6 foizi — 40 yoshdan 60 yoshgacha.

Ro‘yxatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ham senator bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Qoraqalpog‘iston

  1. Ataniyazova Oral Aminovna (1956) — Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori;
  2. Bekatova Zumrad Raximbayevna (1968) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi;
  3. Orыnbayev Amanbay Tleubayevich (1979) — Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi.

Andijon viloyati

  1. Abduraxmanov Shuxratbek Kushaqbayevich (1969) — Andijon viloyati hokimi;
  2. Axunov Uktamjon (1949) — O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Andijon viloyati bo‘limi raisi, nuroniylar jamoatchilik Kengashining raisi;
  3. Burxanov Kutbidin Nukritdinovich (1947) — Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi.

Buxoro viloyati

  1. Gadoyev Erkin Fayziyevich (1959) — Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi;
  2. Zaripov Botir Komilovich (1969) — Buxoro viloyati hokimi;
  3. Toshova Moyra Nabiyevna (1963) — “Shayx-ul Olam” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.

Jizzax viloyati

  1. Bobanazarova Jamila Xolmurodovna (1968) — Jizzax politexnika institutining Iqtisodiyot va menejment kafedrasi professori;
  2. Pardayev Nusuratulla (1950) — Jizzax viloyati Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi;
  3. Saliyev Ergash Alibekovich (1956) — Jizzax viloyati hokimi;
  4. Ermatov Xusan Toxirovich (1969) — “Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari bosh muharriri.

Navoiy viloyati

  1. Sanakulov Kuvandik (1957) — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori;
  2. Tumishova Aksavli Moldagaliyevna (1965) — Zarafshon shahar 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;
  3. Tursunov Kobul Beknazarovich (1964) — Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator;
  4. Tursunov Normat Tulkunovich (1972) — Navoiy viloyati hokimi.

Namangan viloyati

  1. Abdurazakov Shavkat Shokirdjanovich (1976) — Namangan viloyati hokimi;
  2. Dobrix Anna Konstantinovna (1974) — “Iftixor kiyim sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari;
  3. Najmiddinov Ikromxon (1951) — “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi raisi;
  4. Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich (1963) — Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori.

Samarqand viloyati

  1. Niyazova Maryam Kadirovna (1954) Samarqand viloyatidagi “Kumush tola” xususiy korxonasi rahbari;
  2. Turdimov Erkinjon Oqbutayevich (1969) Samarqand viloyati hokimi;
  3. Xalmuradov Rustam Ibragimovich (1949) Samarqand davlat universiteti rektori;
  4. Sharipov Shavkat Uktamovich (1957) Samarqand shahridagi “Sharq sanoat” konserni ta’sischisi.

Sirdaryo viloyati

  1. Axmedjanova Pokiza Shavkatovna (1966) — Guliston shahridagi “Halima Xudayberdiyeva” nomidagi ijod maktabi direktori;
  2. Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich (1974) — Sirdaryo viloyati hokimi;
  3. Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich (1969) — Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator.

Surxondaryo viloyati

  1. Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich (1983) — Surxondaryo viloyati hokimi;
  2. Saidov Sirojiddin Saloxovich (1958) — O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi;
  3. Suvonova Dilbar Nabiyevna (1970) — Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi;
  4. Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich (1962) — Prezidentning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri.

Toshkent viloyati

  1. Kadirxanova Malika Akbarovna (1967) — Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi;
  2. Mirzayev Zoyir Toirovich (1968) — Toshkent viloyati hokimi;
  3. Toirov Mahmudjon (1952) — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari, “Adabiyot ziyosi” gazetasi bosh muharriri;
  4. Xursanov Abdullo Xalmuradovich (1966) — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi.

Farg‘ona viloyati

  1. Bozarov Xayrullo Xayitbayevich (1976) — Farg‘ona viloyati hokimi;
  2. Kozixonova Orzigul Muydinovna (1971) — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari;
  3. Marufova Gulnora Maxmudovna (1956) — Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator;
  4. Raxmanov Zakirjon (1957) — Farg‘ona viloyati “Nuroniy” jamg‘armasi raisi.

Xorazm viloyati

  1. Abdikarimova Sayyora Sapayevna (1963) — “Yuksalish” umummilliy harakati Xorazm hududiy bo‘linmasi rahbari;
  2. Abdullayev Baxrom Ismoilovich (1968) — Urganch davlat universiteti rektori;
  3. Raximov Jo‘rabek Raximovich (1981) — Xorazm viloyati hokimi.

Qashqadaryo viloyati

  1. Azimov Murotjon Berdialiyevich (1976) — Qashqadaryo viloyati hokimi;
  2. Aslanov Shuxrat Chariyevich (1978) — “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori;
  3. Irkayev Abduraxim Pandjiyevich (1948) — Qarshi davlat universiteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi dotsenti;
  4. Karamova Komila Zaydullayevna (1960) — Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari.

Toshkent shahri

  1. Ayupov Shavkat Abdullayevich (1952) — Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori;
  2. Kalanov Rustam Abduxakimovich (1950) — “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi;
  3. Narbayeva Tanzila Kamalovna (1956) — Oliy Majlis Senati Raisi;
  4. Umurzakov Shavkat Buranovich (1979) — Toshkent shahar hokimi.

Ro‘yxatda avval Senat a’zosi bo‘lgan 35 ta senator (68 foiz) qalin harf bilan ko‘rsatilgan.

Avvalroq prezident Oliy Majlis Senatining 9 nafar a’zosini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi 19-noyabr kuni chaqiriladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi esa 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.