Shavkat Mirziyoyev 18-noyabrdagi farmoni bilan ikki nafar rossiyalik artist — Moskva drama teatri badiiy rahbari, teatr va kino aktyori Sergey Bezrukov hamda balet raqqosasi va rejissyor Andris Liyepani “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
Mukofot “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik, ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, xalqlarimizning an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari, o‘zining yorqin va betakror iste’dodi, xususan, kino va teatr yo‘nalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va san’at sohalarida hamkorlikni kengaytirish, ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va boyitishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun” berildi.
Shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham O‘zbekistonning ikki nafar san’atkorini Do‘stlik ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Mukofot “Rossiya va O‘zbekiston madaniyatlarini yaqinlashtirish va o‘zaro boyitish borasidagi samarali faoliyati uchun” “Yalla” vokal ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov va taniqli xonanda Sevara Nazarxonga berildi.