Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yangi tarkibdagi birinchi majlisida avvalgi 12 ta qo‘mita o‘rniga yangilangan 10 ta qo‘mita tuzilib, 9 tasining rais saylandi.

Qo‘mitalar sonining qisqarishiga mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar, shuningdek, xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik sohalarini birlashtirish orqali erishildi.

Avvalroq palata spikeri Nuriddin Ismoilov va uning o‘rinbosarlari Mavluda Xo‘jayeva va Rahimjon Hakimovlar saylangani haqida xabar berilgan edi.

Yangi komissiyalar ro‘yxati

qonunchilik palatasi

Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi — rais Sharofiddin Nazarov;

qonunchilik palatasi

Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish qo‘mitasi — rais Gulrux Agzamova;

qonunchilik palatasi

Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi — rais Ilhom Abdullayev;

qonunchilik palatasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi — rais Jahongir Shirinov;

qonunchilik palatasi

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi — rais Bobur Bekmurodov;

qonunchilik palatasi

Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi — rais Ravshan Mamutov;

qonunchilik palatasi

Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi — rais Nodir Jumayev;

qonunchilik palatasi

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi — rais Ulug‘bek Shermatov;

qonunchilik palatasi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi — rais Xayrullo G‘afforov;

Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi.